67
Tokarlik keskichlari va ularni charxlash
Keskich elementlari va burchaklari.
Keskichlar kallak va sterjendan
iborat (41-rasm). Kallak – ishchi qism. Sterjen keskichni dastgoh keskich
ushlagichiga qotirish uchun mo‘ljallangan. Keskichning old tomonidan
chiqayotgan qirindi o‘tadi, orqa tomoni esa detalga qaratiladi. Oldingi va
orqa yuzlarning kesishgan joyida keskichni qirqadigan uchi joylashgan.
40-rasm.
TV–6 vint ochish tokarlik stanogi:
1 – old tumba; 2 – boshqarish tugmalari; 3 – yuritish valigi va yuritish vintini ishga
tushirish dastagi; 4 – uzatish kattaligi va rezba qadami kattaligini o‘rnatish dastagi;
5 – uzatmalar qutisi; 6 – oldingi babka; 7 – uzatma yo‘nalishini o‘zgartirish dastagi;
8 va 9 – shpindel aylanish chastotasini o‘rnatish dastagi; 10 – keskich kallagini
o‘rnatish dastagi; 11 – ketingi babka pinolini o‘rnatish dastagi; 12 –
ketingi babkani
yo‘naltiruvchi staninaga o‘rnatish dastagi; 13 – ketingi babka; 14 – ketingi babka
pinolini surish dastagi; 15 – supportning yuqori salazkalarini qo‘lda surish dastagi;
16 – ko‘ndalang salazkalarni surish dastagi; 17 – reykali shesternyani ishga tushirish
dastagi; 18 – stanina; 19 – yuritish vinti gaykasini ishga
tushirish dastagi;
20 – ko‘ndalang mexanik uzatmani ishga tushirish dastagi; 21 – qo‘lda bo‘ylama
uzatish dastagi; 22 – orqa tumba; 23 – fartuk; 24 – support.
6
5
4
3
2
1
14
15
16
17
18
19
20
21
7 8 9 10 11 12 13
24 23
22
68
Asosiy qirqishni bosh qirquvchi uchi bajaradi. Keskichning cho‘qqisi –
bu bosh va qo‘shimcha uchlarning kesishgan joyi (42-rasm).
Keskichning asosiy geometrik tavsiyalariga, qo‘shimcha
burchaklar
reja burchaklar va qirquvchi uchning qiyalik burchagi kiradi.
Dostları ilə paylaş: