89
Issiqlik relesi (52-rasm) uchta asosiy qismdan: elektr isitkich – EK,
bimetall yaproq tayanch (plastinka) 1 va normal holatda berk bo‘ladigan
kontaktlar (KK)dan iborat. Bimetall yaproq tayanchi (plastinka) issiqlikdan
chiziqli kengayish koeffitsient (O
1
va O
2
)lari turlicha (a
1
< a
2
) bo‘lgan
ikki metall yaproqchalar (plastinkalar)ni bir-biriga qizdirib yopishtirish
yoki payvandlash yo‘li bilan olinadi. Ma’lumki, O
1
va O
2
bo‘lgan
bimetallning bir uchi qo‘zg‘almas qilib mahkamlansa va qizdirilsa,
u chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan tomonga og‘adi.
53-rasmda (a) bimetall yaproqni
qizitil magan holati, 53-rasmda (b) esa uni
qizitil gandan keyingi holati ko‘rsatilgan.
Issiqlik relelarida chiziqli kengayish
koeffitsienti o‘ta kichik bo‘lgan invar
(ya’ni nikel va temir qotishma) va chiziqli
kengayishi yuqori bo‘lgan sirti nixrom–
nikel bilan qoplangan magnitlanmaydigan
po‘latdan keng foydalaniladi. Bimetall
qancha uzun va yupqa bo‘lsa, uning og‘ishi
shuncha yuqori bo‘ladi. Bimetallning qizishi uning o‘zidan o‘tadigan
iste’molchi toki yoki iste’molchi toki va maxsus elektr isitkich o‘rnatish
tufayli vujudga keladi. Amalda bu oxirgi usul keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: