251
IX-bob. Gaz va gazokondensat konlarida mehnat va atrof-muhitni muhofaza
qilish
1 §. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha umumiy a’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasini O‘zbekiston Kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mexnatning muhofaza
qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va meyorlarni ishlab chiqish va qabo‘l
qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mexnat xavfsizligini ta‘minlash uchun zarur
bo‗lgan talablar darajasini belgilaydi. Shuningdek kasaba uyushmalari bilan
kelishgan holda mexnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar,
kasb kasalliklarning oldini olishga oid respublikaning aniq maksadga qaratilgan
dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta‘minlaydi hamda ularning bajarilishini
nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralarga tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishgan
holda mexnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va
moliyaviy ta‘minlaydilar.
Korxona ma‘muriyati, ish beruvchi mulkdor yoxud ular vakolat bergan
boshkaruv idorasi, direktor yoki bosh muhandis rahbarligida korxona kasaba
tashkiloti bilan birgalikda korxona xodimlarning mexnat sharoitini yaxshilash
bo‗yicha kompleks rejasini ishlab chiqadi.
Reja ko‗rsatilgan chora tadbirlar, korxonadagi sex, uchastka uchun
yangiliklarni uz ichiga olgan bo‘lib, ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
Shu kungacha erishilgan yutuqlar rejaga kiritilmaydi. Shuningdek rejaga sexni
qayta qurish yangi jihozlar bilan jihozlash va shunga uxshashlar ham kiritilmaydi.
Ma‘muriyat tomonidan tuzilishi shart bo‗lgan va ish sharoitini yaxshilashga
yunaltirilgan chora tadbirlarni shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin:
1.
Baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
2.
Kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
3.
Ish sharoitini umumiy yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.
|