N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Gazlilikning joriy chegarasi
– uyumni ishlashni ma‘lum davri o‗tgandan 
keyin joriy vaqtning biror bir kuni holati bo‗yicha gazlilik tashqi (ichki) 
chegarasining holati. 
Gaz (gazkondensat) ishlatish ob’ektini ishlash loyihasi
– Ob‘ektni qidiruv 
va sinov-sanoat ishlatish ma‘lumotlari asosida tuziladigan va uni sanoat ishlashni 
oqilona tizimini, uni amalga oshirish talablarini, ishlashni asosiy ko‗rsatkichlarini, 
konni qazish va ishlatish jarayonidagi tadqiqot ishlarini dasturini, konni jihozlash 
bosqichlarini asoslovchi loyihaviy hujjat.
Kondensatsiyalanish – 
Gazkondensat uyumini ishlash jarayonida qatlam 
bosimi kondensatni gaz holatidan suyuq holatga o‗tish bosimidan tushganda gaz 


265 
tarkibidagi uglevodorodlarni bir qismi suyuq faza (kondensat)ga o‗tishi bilan 
boradigan fazaviy o‗zgarishlar. 
Teskari bug‘lanish
– Gazkondensat uyumini ishlash jarayonida o‗ta yuqori 
harorat va qatlam bosimi juda tushirilganda g‗ovak muhitda o‗tirgan kondensatni 
bug‗lanishi bilan boradigan fazaviy o‗zgarishlar. 
Qatlam gazining hajmiy koeffitsienti
– Normal sharoitlarda 1 m

hajmga ega 
bo‗lgan gazning ma‘lum harorat va bosimda qatlam sharoitida egallagan hajmi. 
Barqaror kondensat
– Xom gazni to‗liq gazsizlantirilgandan keyin 
olinadigan, pentanlardan va yuqori qaynovchilardan iborat kondensat. 
Xom kondensat
– Standart sharoitlarda suyuq uglevodorodlardan iborat 
bo‗lgan, tarkibida u yoki bu miqdorda gazsimon uglevodorodlar erigan, erkin gazdan 
ajralgan mahsulot. 
Qatlamdan gazni siqib chiqarish
– Kollektordagi gazni qatlam suvi (gazi) 
yoki qatlamga haydalayotgan ishchi agent bilan almashtirish. 
Ishlatish ob’ektini ishlayotgan qalinligi
– Quduqda ishlatish ob‘ektining 
sizdirishda qatnashayotgan mahsuldor qatlam va qatlamchalari jami qalinligi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin