42
Qo’shimcha ma’lumotlar
Qavariq linzalar ham botiq linzalar ham sferik abberasiyaga ega. Odatda, sferik
abberasiyani tuzatish uchun adaptasiyalangan linzalar sistemasi qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
1.
Linza deb nimaga aytiladi? Linza turlarini ayting.
2.
Optik markaz, optik o‘q va bosh fokusga ta‘rif bering.
3.
Botiq va qavariq linzalarda tasvir yasang.
4.
Linzaning optik kuchi deb nimaga aytiladi? Uning birligi qanday?
1.2.Yig`uvchi va sochuvchi linzaning fokus masofasini aniqlash
Kerakli asboblar
: Optik taglik, chizg`ich,
qavariq linza, bir tomonida darchasi
bo`lgan maxsus qutichaga
joylashtirilgan elektr lampa, tasvir hosil qiluvchi
buyum,ekran.
Nazari ma'lumotlar
Sferik sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism linza deyiladi. Yorug`lik
nurini yig`ib beruvchi ikki yoqlama qavariq va yassi qavariq hamda yorug`lik
nurini sochib beruvchi ikki yoqlama botiq linzalar mavjud.
Linzaning
chegaralovchi sferik sirtlarning egrilik markazlaridan o`tuvchi to`g`ri chiziq
linzaning bosh optik o`q deyiladi.
Yorug`lik linzaning optik markazidan o`tganda o`z yo`lini o`zgartirmaydi.
Yig`uvchi linzaning bosh optik o`qiga parallel tushayotgan yorug`lik
linzaning
orqa tomonida bosh optik o`qining biror nuqtasida yig`iladi, bu nuqta linzaning
bosh fokusi deyiladi va F harfi bilan belgilanadi.
Linzaning optik markazidan fokusigacha bo`lgan
masofa linzaning fokus
masofasi deyiladi.
Fokus masofasiga teskarii bo`lgan kattalik linzaning optik kuchi deyiladi.
Linzaning optik kuchi D harfi bilan belgilanib, quyidagiga teng bo`ladi.
43
F
D
1
(1)
Optik kuch birligi qilib,
dioptriya
qabul qilingan.
Yig`uvchi linzaning bosh optik o`qiga parallel tushayotgan nur singandan
keyin fokus nuqtadan o`tadi.
Yig`uvchi linzaning bosh fokusidan o`tuvchi
nur singandan keyin bosh
optik o`qqa parallel ketadi.
Linzaning optik markazidan o`tuvchi nur o`z yo`nalishini o`zgartirib ketadi.