117
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
117
117
Yuksak huquqiy madaniyatga ega insonni tarbiyalash
qanday vositalar
or qali amalga oshiriladi, insonning huquqiy madaniyatiga qanday omillar
ta’sir ko‘rsatadi qabilidagi savollarga javob huquqiy ta’lim va ma’rifatni
kuchay tirish, huquqiy targ‘ibotni yanada yaxshilash zamirida yotadi.
2019- yilning 9- yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan “Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekildi.
Unda har bir inson mamlakatimizda istiqomat qilar ekan, uning
manfaatlari shu jamiyatning boshqa a’zolari tomonidan
hurmat qilinishiga
erishish lozimligi ta'kidlanadi. Hozirgi kunda bunday emas. Chunki
bunday bo‘lishi uchun aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati
yuksak darajada bo‘lishi talab etiladi. Afsuski fuqarolarning huquqiy
savodxonlik darajasini oshirishga, ularning
huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator
muammo va kamchiliklar mavjudligi farmonda qayd etib o‘tilgan.
Farmonda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish bo‘yicha ishlar tizimli va uzviy olib borilishi yo‘lga
qo‘yilmaganligi ta'kidlanadi. Aholining, birinchi navbatda yoshlarning
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish
maqsadida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar farmonda belgilab berilgan. Jumladan:
jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish; maktabgacha
ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni chuqur singdirish;
yosh avlod ongiga huquq va
burch, halollik va poklik tushunchalarini bolaligidan boshlab singdirish;
mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirish. Davlat organlari,
jamoat va fuqarolik
jamiyatlari institutlari hamkorlikda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirishlari lozim bo‘lgan ishlar
ham farmonda belgilab berilgan.
Farmonda keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil
qilish davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan ekanligi
ta'kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: