ular qanday maqsadga atalganligi Summa Asosiy vositalar
350000 Ustav fondi
400000
Xom ashyo va materiallar
100000 Zahira fondi
10000
Kassa
40
Foyda
20000
Hisob-kitob schyoti
49900
Bank kreditlari
20000
Debitorlar
60
Mol etkazib beruvchi
50000
JAMI 500000 JAMI 500000 Uchinchi muomala. Bunga o’xshagan muomalalar ham amalda ko’plab uchraydi.
Mol etkazib beruvchilardan sotib olingan 25000 so’mlik materiallar korxonaga kelib
tushdi, lekin puli to’lanmadi.
Mazkur muomala, birinchidan, materiallarning miqdorini ko’payishiga olib keladi.
Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so’mga oshadi.
Ikkinchidan, materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali
to’lanmagani uchun, korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi paydo
bo’ladi. Balansda bu «Mol etkazib beruvchilar» moddasi bo’yicha aks ettirilib, uning
summasi ham 25000 so’mga oshadi va 75000 so’mga teng bo’ladi.
Balansda aks etirilish tavsifi bo’yicha ushbu muomala oldingisidan farq qiladi. U bir
vaqtning o’zida aktivga ham, passivga ham tegishlidir. Lekin uning aktivda ham,
passivda ham yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir
tomonga yo’naltilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda
o’zgaradi va ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Uchinchi muomaladan
keyin balans quyidagicha bo’ladi:
BALANS
16
(uchinchi muomaladan keyin)
Aktiv Passiv Mablag’lar turi va ularning joylanishi Summa Mablag’lar manbai va ular qanday maqsadga