114
Belgilangan portlarni tanlash (designated port).
5.2-rasm. STP protokolidagi port turlari
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning eng kichik imtiyoz
(prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning
MAC
manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi.
Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz
kommutatorligini belgilab olishadi. Qo`shnilardan olingan kadrlarning
imtiyoz va ID identifikator
qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo qilishni
to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar
taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator
tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida tavsiflangan va keyinchalik
IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini
qo`llab-quvvatlash maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U
tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini ta’minlaydi.
802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: