Fanning maqsadi: Ushbu fan
oliygohlarda kimyo va oziq-ovqat sanoatlari korxonalarida mavjud
ekologik muammolarni kelib chiqish sabablari, ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora-
tadbirlarni ishlab chiqish, tabiiy resurslarning sinflanishi va ulardan oqilona foydalanish asoslari, tabiatda
moddalarning aylanma harakati, insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan atrof muhit o‘rtasidagi
bog‘liqlik, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy tamoyillari, atmosferani ifloslanishi
va havosini chang va zahali gazlardan tozalash, gidrosfera ifloslanishi va oqova suvlarni tozalash hamda
suning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish , litosferani muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalarida
xavfsiz mehnat sharoitini tashkil qilish, mehnatni muhofaza qilishning umumiy masalalarini
o’rganishdan iboratdir.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: ➢
O’zbеkistondagi mavjud ekologik muammolar, tabiat va jamiyatning o’zaro boq’liqligi qonuniyatlari haqida
tushunchaga ega bo’ladi;
➢
Atmosfеra havosini changdan, zaharli gazlardan tozalash usullarini o’rganadi, oqova suvlarning sinflanishi,
ularni mеxanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik tozalash usullari haqida bilimga ega bo’ladi va shu
bilimlarni laboratoriyada qo’llashni o’rganadi;
➢
Tabiiy rеsurslar, ularning turlari va sinflari, ulardan oqilona foydalanish yo’llarini bilib oladi chiqindisiz
tеxnologik jarayonlarni hosil qilish printsiplarini o’rganadi. Xavfsizlikning ilmiy asoslari, ishlab chiqarish
sanitariyasi mehnat gigienasi, mehnat faoliyatining qulay sharoitlari, tabiiy, texnogen va ekologik turdagi
favqulotda vaziyatlar, ommaviy qirg‘in qurollari, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, favqulotda vaziyatlar
davlat tizimi haqida
tasavvurga ega bo‘lishi; ➢
Mehnatni muhofazasining umumiy masalalarini, ishlab chiqarishda ro‘y beradigan baxtsiz hodisalar va
kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablarini, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish
sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi, fuqaro muhofazasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
asoslarini, fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va burchlarini, favqulotda vaziyatlar
sodir bo‘lganda harakat qilishni va himoyalanish usullarini