Fanning qisqacha bayoni: “Kimyoviy texnologik jarayonlarni modella” fani umumkasbiy fanlar
blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan yo‘nalish
umumta’lim fanlar turkumiga kiradi. Fanni puxta o‘zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan
birga, talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyoti davrida va OTM ni bitirgandan keyingi
ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.
Fanning maqsadi: talabalarda jarayonlar va tizimlarni modellashtirish tamoyillari haqida
tushinchalar, jarayonlar va tizimlarni modellashtirishning umumiy nazariyasi, model parametrlarini
baholash usullari, texnologik obyektning statik va dinamik modellarini yaratish tо‘g‘risida zaruriy
bilimlar, kо‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi . Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida talaba jarayon va tizimlarni modellashtirishning umumiy
nazariyasi, jarayon va tizimlarni modellashtirish tamoyillari, model parametrlarni baholash usullari va
ahmiyati; texnologiya obektining statik va dinamik xarakteristikalari aniqlash usullari, texnologiya
obektining statik va dinamik modelini yaratish va amalga oshirish kabi tushincha, bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv
auditoriyalarida olib boriladi.
Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik
guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi”
texnlogiyasi ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari
yordamida uzatiladi. Shuningdek, mavzudan kelib chiqib dars mashg’uloti mehmonxonada sayyor
dars tarzida olib boriladi.
Mustaqil ta’lim Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular boyicha talabalar tomonidan taqdimotlar, guruh bilan
TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
106
ishlanmalar, referatlar tayyorlanadi.