15-MAVZU BO'YIChATEST SAVOLLARI
1. Narxning qaysi vazifasi talab va taklifning
mos kelishi orqali amalga
oshadi?
a) qiymatni yoki iqtisodiy xarajatlarni hisobga olish;
b) tartibga solish va raqobat vositasi;
v) muvozanatlikni ta ’minlash;
g) ijtimoiy himoyalash;
d) yuqoridagilarning barchasi.
2. Narx tizimi o'z ichiga qanday narxlarni oladi?
a) bozor narxlarini;
b) davlat tomonidan belgilanadigan va tartibga solib turiladigan
narxlarni;
v) iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narxlarni;
g) jahon narxlarini;
d) yuqoridagilarning barchasini.
3. Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar
qanday nom bilan ataladi?
a) ulgurji narx;
b) demping narx;
v) dotatsiyalangan narx;
g) nufuzli narx;
d) yuqoridagi barcha nom bilan.
4. Narxlar oralig'idagi farqlarning puldagi
miqdoriy ifodasi qanday nom
bilan ataladi?
a) narx pariteti (nisbati);
b) narx ko'rsatkichi;
v) narx diapozoni;
g) narx chegarasi;
d) yuqoridagi barcha nom bilan.
5. O 'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni am alga oshirishda narxlarni
erkinlashtirishning qaysi yo'lidan foydalanildi?
a) narxlarni birdaniga qo'yib yuborish;
b) narxlar darajasini sun’iy to'xtatib qo'yish;
v) narxlarni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilish;
g) narxlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
d) yuqoridagi barcha yo'llardan.
6. O'zbekistonda narxlarni erkinlashtirishning qaysi bosqichida aholini
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi
oziq-ovqat va sanoat
tovarlarining chegaralangan narxlari belgilab qo'yildi?
I61