265
3)
ishchi kuchi jahon bozori;
4)
xalqaro valuta tizimi;
5)
xalqaro kredit-moliya tizimi.
Bundan
tashqari, baynalminallashuv axborotlar,
ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda.
YAgona
ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda.
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo‘lishi bilan ular orasidagi
iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida
qadimdan amal qilib kelgan
bo‘lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik
mashinalashgan sanoatning paydo bo‘lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar
o‘rtasida
vujudga kelib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini
qamrab oldi.
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi.
Jahon
bozori bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar
harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xom ashyo, mehnat
resurslari va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan
tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar
negizida shakllangan
jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va
Dostları ilə paylaş: