cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
Asosiy tayanch tushunchalar Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy
va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi.
Ishlab
chiqarish
yoki
iqtisodiy
hayotning
baynalminallashuvi
–
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
279
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning
ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy
munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi
xo‘jalik aloqalari majmui.
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat
qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha
qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga
ko‘chib o‘tishi.
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib
ketishi.
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib
kelishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati
nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
2.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga
asoslanadi? Ularni turkumlash bo‘yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib
davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating.
3.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan
iborat?
4.
Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo‘nalishlari mavjud?
Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.
5.
Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi?
6.
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering.
280
7.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi?
Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating.
8.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering. Xalqaro
migrantlar qanday toifalarga ajratiladi?
9.
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har
birining ahamiyatini ko‘rsating.
10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib
qo‘yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday
xalqaro tuzilmalarni bilasiz?