hujayralarining biriktiruvchi to‘qimalari bilan xuddi qin (futlyar) singari,
aksekni o‘rab ushlab turadi. Ayrim akseklami neyrogliya hujayralari
tagida Shvann hujayralari joylashgan, ularda miyelin saqlanib, uning
laxmli po‘stlog‘ining tashkiliy qismlarini hosil qiladi. Har bir Shvann
hujayra laxmli po‘stloqda Ranve kesmalar hosil qiladi va qo‘shni Shvann
hujayrasidan akseklardan tashqari laxmsiz akseklar ham mavjud.
Neyronning tanasi uning o‘simtalaridagi moddalar almashinuvini
ta’minlydi. Ya’ni moddalar almashinuvi tufayli biotoklar yordamida
sinapslarga nerv impulslari o ‘tkaziladi. Sinapslardan qo‘zg‘alish navbat-
dagi neyronga mediatorlar yordamida o‘tkaziladi. Tana yuzasida va ichki
a’zolarda akseklar retseptorlar ya’ni ta’sirotchilar ta’sirini qabul qiluvchi
maxsus hosilalar bilan tutashgan bo‘ladi. Ta’sirlash natijasida yuzaga
kelgan nerv impulslari markazga intiluvchi akseklar yoki afferent
neyronlar bilan markaziy tizimga, asab tizimidan markazdan qochuvchi
akseklar yoki efferent neyronlar orqali nerv impulslari ishchi organga
o ‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: