reflekslar yoki instinktlar - bular rivojlanuvchi va avloddan-avlodga
beriluvchi reflekslardir, ya’ni ular uzoq o‘tmish davomida shartli reflekslar
bo'lgan. Bitta nerv elementidagi moddalar almashinuvining o‘zgarishi
tashqi muhit ta’siri ostida yuzaga kelgan boshqa nerv elementlaridagi
moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan birgalikda kechadi. Bu esa
vaqtinchalik nerv bog‘lanishlar hosil bo‘lishiga olib keladi, keyinchalik
yana takrorlash natijasida ular doimiyga aylanadi. Asab tizimining
rivojlanishi natijasida doimiy nerv bog‘lanishlar tug‘ma reflekslaming
asosi sifatida asab tizimining quyi bo‘limlarida mustahkamlansa,
vaqtinchalik nerv bog‘lanishlarning shakllanish funksiyasi esa uning oliy
bo‘limlariga o‘tadi. Vaqtinchalik nerv bog‘lanishlar ta’siri asosida
doimiylari murakkablashadi, va natijada ular hayotning nisbatan doimiy
sharoitdagi tirikligini ta’min etuvchi instinktlar asosiga aylanadi.
Evolyusiya jarayonida instinktlar bazasida ancha murakkab vaqtinchalik
nerv bog‘lanishlar hosil bo‘ldi. Natijada hayvonlar organizmining xulq-
atvori murakkablashgan va shakllari xilma-xillashgan, ya’ni turli xil
turlarning o‘zgaruvchan yashash sharoitiga moslashishiga imkon yaratildi.
Lekin, barcha vaqtinchalik nerv bog'lanishlar shartsiz reflekslarga
aylanmaydi. Faqatgina ko‘plab avlodlar hayot sharoitiga mos keladigan
vaqtinchalik nerv bog‘lanishlar tabiiy tanlanishi jarayonida ko‘p martalab
takrorlangan va jinsiy hujayralami ishlab chiqaruvchi moddalar
almashinuvining o‘zgarishlari nasldan-naslga o‘tadi.
Shartsiz reflekslar ko‘pchilik jihatdan biologik qulaydir, ya’ni hayot
sharoitlariga mos keladi. Masalan, asalari yuqori darajada sezuvchanlikka
ega bo‘lgan uyalar quradi. Lekin, tashqi muhit juda tez o‘zgarishi mumkin,
shartsiz reflekslar esa juda sekin o ‘zgaradi. Shunday bo‘lsada, juda
ko‘plab ma’lumotlar borki, ayrim shartsiz reflekslar juda noqulay
hisoblanadi.
Ko'plab orttirilgan reflekslar aynan bir xil hayot sharoitda qator
avlodlardan keyin shartsiz reflekslarga o‘tadi. Shu bilan birga evolyusiya
jarayonida ayrim instinktlamig o‘zgarishi yuz beradi, ular shartsiz
reflektor
xarakterini
yo‘qotadi.
Odamning
aralashishi
natijasida
hayvonlaming instinktlari qisqa muddatda
odamni maqsadiga qarab
ma’lum hayot sharoitida hayvonlami tarbiyalash tufayli o‘zgartirilishi
mumkin.
Hayvonlar aynan ana shu yo‘l bilan xonakilashtirilgan va
moslashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: