Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


KIRISH Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318
2 5213200508969289537

4


KIRISH
Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Fiziologiya - tirik organizmda kechayotgan jarayonlar va ulami 
o‘rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini 
ta’minlovchi 
jarayonlar haqidagi fandir. 
Fiziologiya odam va hayvonlami yaxlit 
organizmida va uning a’zolari, to‘qima, hujayralar hamda ulaming tuzilish 
birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo‘yicha 
qonunlami o‘rganadi.
Funksiya - bu organizmda, uning organ va to‘qimalarida tinimsiz 
o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga faol holda moslashishida va shu bilan 
birga ulaming o‘zlari ham tashqi muhitga yetarlicha ta’sir ko‘rsatishi 
natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o‘zgarishi natijasidir.
Fiziologiya — eksperimental fan, eksperimentlar esa laboratoriya 
hayvonlarida (it, mushuk, quyon, baqa va boshqalar) hamda maymunlar, 
qishloq xo'jalik hayvonlarida (sigir, ko‘y, echki va boshq.) bajariladi.
Eksperimentlar ikki turda, o‘tkir va surunkali tajribalar orqali 
bajariladi.
0 ‘tkir tajribalarda odatda hayvon xushsizlantiriladi yoki qimirlay 
ohnaydigan holatga keltirilib, hech qanday hayvon hayotini saqlab qolish 
qoidalariga rioya qilinmagan holda operasiya qilinadi (tiriklayin yorib 
ko‘riladi) va tajriba oxirida esa hayvon so‘yiladi. 0 ‘tkir tajribalarda 
hayvonning o‘rganilayotgan organi, unga kelayotgan nerv tolalari va qon 
tomirlari ochiladi.
Bir qator o‘tkir tajribalarda a’zolar maxsus usullar yordamida 
to‘qimalar hayot faoliyati, mutadil moddalar almashinuvini saqlash yo‘li 
bilan izolyatsiya qilinadi. Masalan, ulardan o ‘tuvchi qon tomirlari orqali 
kislorod bilan boyitilgan qon, yoki uni о‘mini almashtiruvchi eritmalar 
o'tkaziladi (perfuziya usuli), bundan tashqari alohida a’zolarda esa (nerv, 
muskul va boshq.) ulaming hujayralarini o‘sha eritmalarga joylashtirish 
yo‘li bilan o‘rganiladi.
0 ‘tkir tajribalaming kamchiligi shundan iboratki, ular hayvonning 
to‘qimalarini, qon tomirlari va nerv tolalarini qoplab turuvchi po‘stloqlar 
jarohatlanganidan keyinoq notabiiy sharoitlarda bajariladi.
Surunkali tajribalarda esa hayvonlar avvaldan sterillangan sharoitda 
operasiya qilinadi va hayvon to‘lig‘icha sog‘ayganidan keyin ularda uzoq 
yillar davomida mo‘tadil hayot sharoitida tajribalar o‘tkazish mumkin. 
Lekin, surunkali tajribalar davomida operasiya asoratlari, masalan qo‘shni 
a’zolami (katta qorinni) siljishi kuzatilishi mumkin, bu esa o‘rganiladigan
5


organ funksiyasini qisman bo‘lsada buzadi. Hozirda odamlar va hayvonlar 
organizmidagi muhim funksiyalami yer yuzida va hatto kosmosda ham 
uzoq masofadan turib radio uzatgich va o‘xshash tizimlar yordamida 
organizmni hayot faoliyatiga hech qanaqa zarar yetkazmasdan televizion 
kuzatishlar olib borish va qayd qilish mumkin.
Odamlar va hayvonlaming bosh miya, yurak, qon tomirlari, nafas 
a’zolari, skelet mushaklari va boshqa a’zolari funksiyasining sog‘lom 
hayot sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan tashqi yuzaga mahkamlangan 
yoki ichki a’zolarga kiritilgan (radiopilyuli) radiouzatgichlar yordamida 
tadqiqot ishlarini olib borish mumkin.
Elektron asboblar va kompyuterlardan foydalanish esa eksperimentni 
o‘tkazishni jiddiy darajada yengillatish bilan birga uning davomiyligini 
qisqartiradi.
Hozirgi zamon fiziologiyasida a’zolaming funksiyalarini o‘rganishda 
modellash ham keng qo‘llanilmoqda. Modellar fizik apparatlar holida 
bo‘lib, matematik nazariyalar asosida yasalgan, ya’ni fiziologik jarayonni 
imitiasiya qiladi yoki funksiya tabiiy sharoitda bajariladi.
Fizik modellardan foydalanish yoki modellar fiziologik gipoteza va 
nazariyalami to‘g‘riligini organizmdan tashqarida tekshirib ko‘rish 
imkonini beradi va o‘rganiladigan jarayon va funksiyalami bajarilishi 
bo‘yicha tabiat qonunlariga qanchalik to‘g‘ri kelishi haqida yangi 
yechimlarni topishda ya’ni yangi fiziologik qonunlami ochish uchun katta 
ahamiyatga ega. Masalan, asab tizimi, asab hujayralari, sezgi a’zolari, 
skelet mushaklari faoliyatining sun’iy elektron modellari yaratilgan.
Modellashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega, ya’ni kibemetik 
mashinkalardan aqliy va jismoniy mehnat qurollari sifatida foyda- 
lanilmoqda, tibbiyotda esa ayrim a’zolami vaqtinchalik almashtiradi. 
Masalan, hisoblash mashinkalari, matnlarni bir tildan ikkinchi tilga 
o‘girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish va davomiylik tezliklarini 
aniqlash, qonning kislorod bilan to‘yinishi, eritrositlar miqdorini aniqlash, 
yurak-o‘pka apparati, sun’iy buyraklar va h.k.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, a’zolaming kibemetik elektron 
modellari ulaming funksiyasini jiddiy ravishda 

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin