Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISHIDA FIZIKA, KIMYO VA



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318
2 5213200508969289537

7


FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISHIDA FIZIKA, KIMYO VA
BOSHQA ARALASH BIOLOGIK FANLARNING ROLI
Hozirgi fizika va kimyo fanlarining yutuqlari hujayralar va ulaming 
turli organoidlarini bir qator nozik tuzilishi va funksional qonuniyat- 
larining ochilishini ta’min etdi. Dezoksikarbonuklein (DNK) va 
ribonuklein (RNK) kislotalaming tuzilishini o‘rganish, hujayralarda oqsil 
sintezlanishining qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Nuklein 
kislotalarda organizmning tuzilish va funksional xususiyatlarini irsiyligini 
dasturiy ishtiroki fiziologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Fizika va 
kimyoning yangi usullari asab tizimini turli qismlarini funksiyalari, nerv 
yo‘llari orqali nerv impulslarini o‘tkazilishi va nervdan a’zolarga o‘tishi 
haqidagi tushunchalarimizni ancha boyitdi va organizm funksiyalarini 
maqsadli o‘zgartirish usullari bilan qurollantirdi. Tadqiqotlaming yangi 
fizik usullari yordamida sezgi a’zolarining ilgaridan ma’lum bo‘lmagan 
funksiyalari aniqlandi, hozirgi biologik kimyo esa funksiyalaming 
boshqarilishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ayrim oqsillarni sintezlash 
usullarini ishlab chiqdi.
Fiziologiyaning rivojlanishi uchun organizmdagi fizik jarayonlami 
o‘rganuvchi-biofizika va organizmda ximik jarayonlami o‘rganuvchi- 
biokimyoning ahamiyati o‘ta muhimdir.
Fiziologik tahlillar uchun hozirgi zamon matematik usullari va 
kibemetika hamda avtomatik boshqarish usullaridan keng foydalanil- 
moqda, ya’ni bu usullar sezgi a’zolari va asab tizimi, taktil sezgisi, xulq- 
atvor va o‘rgatish fiziologiyalarini o'rganishda, juda samarali hisoblanadi. 
Eksperimentlaming natijalarini hisoblash va tahlil qilish uchun elektron- 
hisoblash mashinkalaridan foydalanilmoqda.
Biologiya «Organik dunyo dinamikasi» haqidagi fan bo‘lish bilan 
birga (K.A.Timiryazev), organizmlar evolyusiyasi va ular funksiyalari 
qonuniyatlari haqida fiziologiyaning, aynan evolyusion fiziologiyaning 
rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Olz navbatida fiziologiya ham ayrim 
organizmlar hayotiy jarayonlarini umumbiologik qonuniyatlar asosida 
o‘rganuvchi biologiyaning bir qismi sifatida biologiyaning rivojlanishi 
uchun muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin