34
tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari
hisobi, tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish kabilar misol
bo‘ladi.
Masalan, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni
hisobga olishga doir axborotlar jami hisob axborotlarining 25-30 foizini
tashkil etadi. Shu tufayli hisob-kitoblar, mehnat va ish haqini tahlil qilish
hamda mehnat resurslarini boshqarish uchun
yetarli axborot bazasi
yaratilgan.
Kompyuterlar va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan, buxgalter,
iqtisodchi, tahlilchi, auditorlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan
foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan hozirgi sharoitda hisob va
tahliliy axborotlar, shu jumladan mehnat haqi bo‘yicha
xodimlar bilan
hisob-kitoblar hajmining o‘sishi emas, boshqaruvning turli bosqichlarida
tegishli qarorlarni tayyorlash, asoslash va qabul qilish uchun ulardan
foydalanish sifati muhim nazariy va uslubiy masala bo‘lib hisoblanadi.
Kompyuterlardan foydalanish va avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarining
faoliyat ko‘rsatishi istalgan darajadagi batafsil va istalgan vaqt oralig‘i
uchun mehnat ko‘rsatkichlarini olish imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Olingan axborotlarning pirovard natijasi korxona xodimlarining ish
sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish,
yuqori moliyaviy
natijalarga erishishga safarbar qilishdan iborat.
Qo‘yilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan
foydalanuvchi bo‘linmalar, boshqariladigan obyekt darajasiga ko‘ra
hisob va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past qismlarga
bo‘lish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv obyektlari va berish
muddatlari bo‘yicha tabaqalashtirish kerak.
Axborotlar davriyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: smena, sutka,
hafta, dekada, oy, chorak va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: