394
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan
kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik
tamoyili).
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan
hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar,
buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obyekt uchun hisob yuritish
usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi mumkin. Har ikkala
holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab – buxgalteriya
hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu
quyidagilarni bildiradi: tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning
barcha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilganlari ham
qo‘llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish
mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan
usulni, agar boshqachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin;
masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul –
tovarlarni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish
me’yoriga qarab aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: