R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Emanuel 
Pizani
(1845–1915) 
– italiyalik buxgalter, 
statmografiya
– ma’muriyat hisobchilik ma’lumotlariga tayangan 
holda qanday qilib eng kam mablag‘lar hisobiga eng ko‘p iqtisodiy 
natijaga erisha olishi to‘g‘risida ta’limot, boshqacha qilib aytganda 
statmografiya (aktivlarni maqbullashtirish haqidagi fan)ni ixtiro 
etgan. Pizani ta’limotiga muvofiq balans aktivi va passive o‘rtasi-
dagi farq foydani tashkil etib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotdagi daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farqqa teng bo‘lishi 
lo-zim; balans korxona xo‘jalik faoliyatining statikasini, hisobot esa 
dinamikasini tashkil etadi. Pizani digrafik hisob usullarini xalq 
xo‘jaligi darajasida tatbiq etish zarur deb hisoblagan. 


441 
J.Rossi – xo‘jalik faoliyatidagi faktlarni matritsalarda aks ettiradigan 
shaxmat shaklidagi hisobchilikning muallifi. Xo‘jalik faktlarini matritsalarda 
aks ettirish tahlil qilish maqsadida chiziqli algebradan foydalanishga keng 
imkoniyatlar yaratadi. 
Djino Dzappa (1879–1960) – italiyalik buxgalter, hisobshunoslikni 
korxonani boshqarish haqidagi fan sifatida talqin qilgan. Debitorlar va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar korxonaning tashqi dunyo bilan aloqasi 
ekanligini, 
ayni 
paytda 
boshqa 
schotlar 
kabi 
korxona 
ichidagi 
munosabatlarning mohiyatini ochib berishini ko‘rsatgan. U balansning 
mohiyati, uning moddalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatishga olib 
kelishini, balansning o‘zi esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks 
ettirilgan oborotlar oqibati deb hisoblagan. Bunda u korxona daromadlari 
ayon, xarajatlari esa shubhali deb e’tirof etgan. U firma kapitalining qiymati 
uning daromadiga bog‘liq deb hisoblagan. (D.Dzappa. La determinatione del 
reddito nelle imprese commerciali – Rome, 1929). 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi rivojlanishining birinchi pog‘onasi 
Italiyada bosib o‘tilgan. Aynan o‘sha davrda buxgalteriya hisobining ko‘plab 
atamalari vujudga kelgan. Jumladan, eski lotin (italyan)chadan kelib 
chiqqan: «Debet – u qarzdor»; «Credit – u ishonadi»; «Saldo – hisob-kitob, 
qoldiq»; «Accept – to‘lovga rozilik» kabi so‘zlar hozirgi kunda ham 
ishlatilmoqda. 
Italiya maktabi tomonidan buxgalteriya hisobi metodining asosiy 
elementlari: schotlar va ikkiyoqlama yozuv shakllantirilib, buxgalteriya 
hisobining keyinchalik fan sifatida rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin