R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Aleksey Pavlovich Rudanovskiy



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Aleksey Pavlovich Rudanovskiy
(1863–1934) – rus 
buxgalteri, statikani(balansning o‘zini) hamda dinamikani 
(moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni u budjet deb 
nomlagan) o‘z ichiga olgan balans tuzgan, hisobga 
olinadigan obyektlarni qayta baholashga yo‘l qo‘ymaslikka 
ahd qilgan, natijaviy schotlardan keng foydalanishni tavsiya 
qilgan. Bilvosita xarajatlarni ular qaysi hisobot davrida 
vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisobdan o‘chirilishini 
talab qilgan, fond degan buxgalterlik kategoriyasini(kapital 
o‘rniga) qo‘llashni asoslagan, bosh buxgalter faqat yuqori 
tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysunishi va hech qachon 
istalgan bo‘g‘in rahbariga bo‘ysunmasligini isbotlagan. 
Moisey Xaritonovich Jebrak
(1889–1962) – rus buxgalteri, 
xarajatlarni 
hisobga 
olish 
va 
tannarxni 
kalkulatsiyalash 
me’yoriy(normativ) usulning («Standard costs» ning variantlaridan 
biri) asoschisi. Bu usul sanoat korxonalarida keng qo‘llanilgan. 
Jebrak xarajatlarni tahlil qilish chog‘ida korxona ma’muriyati 
ularni tayyorlagan buyumlar bilan emas, balki ushbu buyumlarni 
tayyorlagan mas’ul shaxslar bilan solishtirish lozimligini ko‘rsat-
gan. U schotlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra yagona tasniflash 
tarafdori bo‘lgan. 


448 
17.7. Mustaqillik yillarida hisob ilmining rivojlanishi 
Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, hisobning rivojlanishi har bir 
mamlakatning tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti kabi omillar bilan 
bog‘liq.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan 
mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va 
nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya 
hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, 
B.Hoshimov, X.N.Musayev, A.S.Sotiboldiyev, R.R.Radjapov va boshqalar 
tomonidan rivojlantirildi. Buxgalteriya hisobining erkin bozor iqtisodiyoti 
makoniga xos quyi tizimi sifatida boshqaruv hisobini shakllantirishda 
S.Sh.Yuldashev, 
A.X.Pardayev, 
B.A.Hasanov, 
A.A.Karimov, 
A.A.Abdug‘aniyev, 
O.A.Masharipov 
kabi 
olimlar 
ulkan 
hissa 
qo‘shmoqdalar.
Milliy buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy-
me’yoriy bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoyev, T.I.Jo‘-rayev, 
M.M.To‘laxo‘jayeva, 
Sh.U.Haydarov, 
X.A.Ortiqov, 
X.A.To‘x-sanov, 
B.Q.Abdinazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va 
uslubiy 
jihatlarini 
rivojlantirishda 
E.A.Akramov, 
I.T.Abdu-karimov, 
M.Q.Pardayev, 
Yu.M.Itkin, 
M.M.To‘laxo‘jayeva, 
D.S.Qud-biyev, 
N.S.Sanayev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov, B.Q.Ham-damov kabi 
olimlarning ilmiy ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
Tijorat banklari faoliyati, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, tahlili va 
auditi masalalari yuzasidan A.Q.Qodirov, N.F.Karimov, F.Abduvo-hidov, 
Z.Umarovlar tomonidan ilmiy izlanish olib borilmoqda.. 
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulatsiyasining ilmiy va uslubiy 
asoslari 
O.M.Jumanov, 
N.Yu.Jo‘rayev, 
A.K.Ibragimov, 
I.Ismo-nov, 
A.Abdullayev, R.Xolbekov, A.Rizoqulov, A.I.Aliqulovlar asar-larida o‘z 
aksini topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar hisobi va auditi 
bo‘yicha K.B.O‘rozov, B.X.Pardayev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo‘rayev va 
boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umum-
lashtirish asosida buxgalterlik qachon paydo bo‘lgan degan savolga to’rt xil 
javob berilib, bu to’rttala javob quyidagicha asoslanadi: 
1) 6000 yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo‘lgan faktlarni 
maqsadli ravishda ro‘yxatga olish yoki belgilab qo‘yish boshlangan paytda; 


449 
2) 500 yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd 
qilingan kitobi(traktat) chiqqan vaqti; 
3) 100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy 
qurilmalari paydo bo‘lgan vaqt. 
4) Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobi milliy tizimining barpo 
bo’lishi va rivojlanishi hamda xalqoro hamjamiyatga uyg’unlashuvi. 
Ushbu to’rtta javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur 
falsafiy mushohadaga molik kasb, to‘g‘rirog‘i ma’lum ma’noda «hunar», 
«san’at» ekanligi va uning evolutsiyasi to’tr davrga xos to’rtta darajada 
umumlashtirilishidir: 

6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat, 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin