83
esa kontr-passiv schotlar qoldig‘i, masalan, «sotib olingan xususiy
aksiyalar» moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq
tegishli modda, ya’ni
«Ustav kapitali» moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Faoliyat turi bo‘yicha balanslar
asosiy va asosiy bo‘lmagan
faoliyat balanslariga bo‘linadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ixti-
soslashganligi va uning ustaviga mos faoliyat asosiy faoliyat deyiladi.
Faoliyatning barcha boshqa turlari asosiy bo‘lmagan
faoliyat hisobla-
nadi.
Tarmoqlar bo‘yicha
balanslar sanoat korxonalari balansi, transport
korxonalari balanslari va h.k.larga bo‘linadi.
Tuzish usuli bo‘yicha buxgalteriya balanslari
oborot (oborot-
qoldiq), oddiy shakldagi va shaxmat shaklidagi
balanslarga bo‘linadi.
Oborot (oborot-qoldiq)
balanslari amalga oshirilgan xo‘jalik
muomalalarini schotlarda to‘liq
aks ettirilganligini, oborot va qoldiqlar
to‘g‘ri chiqarilganligini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Oddiy shakldagi
balanslar namunaviy bo‘lib, O‘zbekiston Res-
publikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Uning qisqartirilgan
ko‘rinishi 4.1-jadvalda berilgan.