113
Shuning uchun, barcha debetlanuvchi schotlar oborotlarining jami
barcha kreditlanuvchi schotlar oborotlarining jamiga teng bo‘lishi lozim.
Unga asosan sintetik schotlar bo‘yicha oborot vedomosti tuziladi.
Shaxmat vedomosti va oborot vedomostining kombinatsiyalangan
varianti, ya’ni shaxmat-oborot vedomosti
ham qo‘llanishi mumkin (4.3-
jadval). Uni to‘lg‘azish uchun ham xo‘jalik muomalalarini hisobga olish
daftaridagi ma’lumotlardan foydalanamiz.
Ushbu shaxmat-oborot vedomosti matritsa modeliga asoslangan
bo‘lib, uning tuzilishi va mazmunidan ko‘rinadiki, u amalga oshirilgan
xo‘jalik muomalalarining to‘liqligi va tuzilgan schotlar korrespon-
densiyalarining to‘g‘riligi ustidan aniq nazorat o‘rnatishni ta’minlaydi.
Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari alohida turlarining harakati
yaqqolroq ko‘rinadi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
qo‘llaniladigan kor-
xonalarda sintetik schotlar bo‘yicha oborot vedomosti tuzilmaydi. Bunda
hisobot davrida ro‘yxatga olingan xo‘jalik muomalalari to‘liqligi va
to‘g‘riligini nazorat qilish Bosh daftar ma’lumotlari bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot vedomosti schotlardagi
yozuvlarning to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans
tuzishda ham ishlatilar ekan.
Dostları ilə paylaş: