118
shu sanaga bo‘lgan boshlang‘ich kredit qoldiqlari (saldo) summasiga
teng deb o‘qiladi.
Barcha sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlari tengligi
qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi:
ΣDO
to
=ΣKO
to ,
(2)
D
oto
– sintetik schotlarning ma’lum davr ichidagi debet oboroti;
K
o
to
– sintetik schotlarning ma’lum davr ichidagi kredit oboroti.
Ushbu model ma’lum davr ichida barcha
sintetik schotlar debet
oborotlarining summasi, shu davr ichidagi kredit oborotlari summasi
bilan teng deb o‘qiladi.
Endi sintetik schotlarning oxirgi qoldiqlarini (saldo)
S''
– deb
belgilab, barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha
oxirgi qoldiq
(saldo) summalari tengligi qonuniyatining matematik modelini tuzamiz:
ΣS''
dt
=ΣS''
kt ,
(3)
Ushbu model barcha aktiv sintetik schotlarning ma’lum sanaga oxirgi
debet
qoldiqlarining summasi, barcha passiv sintetik schotlarning shu
sanaga bo‘lgan oxirgi kredit qoldiqlari summasiga teng deb o‘qiladi.
Bayon
qilinganlarga asoslanib, ikkiyoqlama yozuv usulining
ahamiyatini quyidagicha tasvirlaymiz (5.3-rasm):
5.3-rasm. Ikkiyoqlama yozuvning ahamiyati.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikkiyoqlama
aks ettirish ulkan
nazorat ahamiyatiga ega, chunki barcha schotlarning debetidagi yozuvlar
barcha schotlarning kreditidagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Bunday tenglikning bo‘lmasligi ikkiyoqlama yozuvda xatoga yo‘l
qo‘yilganligini, ya’ni schotlardagi yozuvlarda xato borligini bildiradi.
Bunday xatolarni o‘z vaqtida topish va tuzatish kerak.
Dostları ilə paylaş: