147
Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan bux-
galteriya hisobi schotlarining turkumlanishi mablag‘lar, manbalar va
jarayonlarning iqtisodiy turkumlanishiga asoslangan bo‘lib, yagona
hisoblanadi va schotlarning mazmuni, tayinlanishi va tuzilish belgilari
bo‘yicha shakllantirilgan.
Buxgalteriya hisobi schotlarining yagona turkumlanishi katta
amaliy ahamiyatga ega. Har bir schotning iqtisodiy mazmunini tushu-
nishga yordam berib, hisobga olinadigan obyektlarni guruhlash uchun
schotlardan to‘g‘ri foydalanishni osonlashtiradi. Har bir schotning
tayinlanishini, uning funksiyalari va ko‘rsatkichlari tavsifini aniqlash-
tirib, u tadbirkorlikni boshqarish va nazorat uchun schotlarni to‘g‘ri
qo‘llashga yordam beradi. Schotlarning texnik xossalari va tuzilish
xususiyatlarini ochib bergan holda ularni tuzilmasiga muvofiq to‘g‘ri
yuritishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: