8
doimiyligi. Iste’molchilarning eng yuqori darajadagi sodiqligi - bu
tovar belgisi uchun deyarli fanatik hurmat va unga qat`iylikdir.
“Brendni boshqarish” fanidan tayyorlangan ushbu o’quv
qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari
talablaridan kelib chiqqan holda tuzilgan bo’lib, Oliy va O’rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’limning
:
5233200 - Agrologistika,
5410500 - Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki
ishlash texnologiyasi, 5230100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo’yicha) bakalavriat yo’nalishlari uchun tasdiqlangan namunaviy
o’quv rejasida ko’zda tutilgan “Brendni boshqarish” o’quv fanining
namunaviy dasturiga asosan tayyorlangan.
O’quv qo’llanma to’rtta mavzudan iborat: "Brendni boshqarish"
fanining mazmuni va vazifalari. Brand haqida tushuncha va brendlarni
tavsiflanishi", "Brendni boshqarishda marketing tadqiqotlari",
"Brendni tayyorlov bosqichi", "Brendni loyihalashtirish bosqichlari.
Brendingning tarkibiy qismlari ".
O’quv qo’llanma foydalanuvchilarning bir nechta toifalari
mavjud:
1. O’qituvchilar qo’llanma materiallaridan ma’ruzalar tayyorlash,
seminarlar o’tkazish, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish
uchun foydalanishi mumkin.
2. Talaba va magistrantlar qo’llanmaning nazariy asoslariga
tayanib
ma’ruzalarda
olgan
bilimlarini
chuqurlashtirishi
va
kengaytirishi, seminarlarga tayyorlanishi mumkin. Amaliy topshiriqlar
talabalarga korxonada brendlarni boshqarish bo’yicha amaliy
ko’nikmalarni olishga imkon beradi.
3. Marketologlar, logistlar, korxona rahbarlari, tadbirkorlar
o’zlarining
professional
faoliyatlarida
qo’llanmada
keltirilgan
usullardan foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: