To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Elektr o‘tkazuvchanlik. 
Shishaning elektr o ‘tkazuvchanligi uning 
kimyoviy strukturasiga, kremniy, bor, bariy, litiy va shu kabilarning 
oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura qo‘shilganiga bogliq 
bo‘ladi. Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr 
qarshiligi 10'°—10» Om.sm., teshib o‘tish kuchlanishi 450 kV/sm2 tashkil 
qiladi.
Texnologik xususiyatlari. 
Shishani va undan tayyorlangan buyumlami 
olmos bilan kesish, arralash, charxlash, shliflash, polirovkalash mumkin. 
Shishani 800-1000 °S list, nay, tola sifadda cho‘zish, payvandlash va puflab 
shakl berish, buyum olish mumkin. Shishaning ishlanuvchanligidan foyda- 
lanib, qurilish buyumlari, shishapaketlar, tola va matolar tayyorlanmoqda.
4.4. Shishaning turlari
Taxta oyna. 
Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini 
yutuvchi, armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni to ‘sishga, sanoat va jamoat binolarini 
tashqi muhitdan izolyatsiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda 
ishlatiladi. Taxta oynaning eni 250-1600 mm., uzunligi 250-2200 mm, 
qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm. o ‘lchamlarda tayyorlanadi. Bir metr 
kvadrat oynaning massasi 2-5 kg. Uning nur o ‘tkazuvchanligi 87 foizdan 
kam bo‘lmasIigi, shaffof bo‘lishi talab qilinadi. U rangsiz bo‘lib, ba’zi 
hollarda yashil yoki ko‘kimtir soyalar bo‘lishiga ruxsat etiladi. Taxta oyna 
yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, y o ‘l-y o ‘l chiziqlar, bo‘shliqlarning 
bo‘lishi uning navini belgilaydi.
Vitrina oynasi -
m a’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va shu 
kabilar binolami bezashda ishlatiladi. Ular polirovkalanib, qalinligi 6-10
45


mm., eni 3500, bo‘yi 6000 mm. gacha o ‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 
Uning bir tomonlama nur o ‘tkazuvchi turi binolami bezashda va yorug‘lik 
nurini mo‘tadil saqlashda zarur bo‘ladi.
Issiq nurlarni qaytaru vchi oyna
- bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, 
turli rangdagi metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan bo‘ladi. Metall 
yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash uskunalari yordamida nikel- 
xrom aralashmasi, temir, mis, hattoki, oltin, platina va shu kabilar nodir 
metallar qoplanishi mumkin. Ulaming nur o ‘tkazuvchanligi 30-70 foiz 
atrofida bo‘ladi. Metall qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaylargani 
sababli qizimaydi va xonadan nur tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda 
issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan vitrina 
oynalari Biznes markazi, Inlerkontinental mehmonxonasi va boshqa 
ma’muriy binolami bezash va izolyatsiyalashda ishlatilgan.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin