Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. So‘nclirilmagan donador ohak
temir yo‘l vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda
ohakni namlik ta’siridan saqlash zarur. Ohak-pushonka va kukun ohak jips
yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va
bitumlangan yoki yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi
maxsus kuzovli avtosam osvallarda, ohak suti esa avtosistem alarda
tashiladi.
Ohak-pushonka qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarda
qisqa muddat saqlanadi. Ohak-kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq
holda uzoq muddat saqlanadi va zarurat bo‘lganda ohak qorishmasi
tayyorlanadi. Kukun ohakni bir oy saqlash mumkin, aks holda havodagi
namlik ta’sirida aktivligi kamayadi.
Havoyi ohak keramik g ‘isht va bloklar terishda, suvoqchilik murakkab
va oddiy qorishmalari, bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda ishlatiladi.
Ohak va ohak-pushonka asosida ohak-pussolanli va ohak-shlakli
gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-pussolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar - trepel,
opoka, diatomit, gliyej va shu kabilar birgalikda kukunlanadi. Ohak-shlakli
va ohak-pussolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka
va qisman suvli muhitga chidamli.
Havoyi ohak silikat g ‘isht va bloklari, g ‘ovak, yengil hamda
og‘ir silikat betonlami tayyorlashda ishlatiladi. Uni tashish, saqlash va
ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur.
5.2.2. Gipsli bogMovchilar Gips bogiovchisi asosida tayyorlanadigan buyum lar gigiyena
talablariga to‘lajavob berishi, zaxiralari ko‘p bo‘lganligi tufayli qurilishda
keng miqyosda ishlatiladi. Gips toshi zaxiralari 0 ‘zbekistonda ko‘p
bo‘lib, tarkibiy qismi jihatidan farq qiladi. Gips bog‘lovchisi asosida
kompozitsion qurilish materiallari, xususan gipskarton plitalami ishlab
chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, bunday bog‘lovchilarni ko‘plab ishlab
chiqarishni taqozo etadi.
Gips bog‘lovchilari ishlab chiqarish usuliga ko‘ra past va yuqori
haroratda pishirilgan turlariga bo‘linadi.
Past haroratda pishirilgan gips C aS04 2HzO ni 110-180°S qisman
suvini yo‘qotish hisobiga olinadi:
56