O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

4. Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda
о ’qishga tdyyorlash
Bolalarni 
maktabda 
o’qishga 
tayyorlash 
hozirgi 
maktabgacha 
ta'Iim 
muassasalaridagi ta'Iim-tarbiya jarayonining butun sistemasi orqali amalga oshiriladi. 
Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o ’qishga tayyorlash muhim o’rinni egallaydi. 
U maktabgacha bolalikni yakunlaydi va maktabda o’qishga o’tuvchi bosqich 
hisoblanadi. Ayni shu davrda bolalar xulq-atvori, faoliyatida ularning aoliy, 
ma'naviy-irodaviy va ko’tarinki sohalariga aloqador keying! o’qitishlar uchun munim 
bo’lgan xususiyatlar faol shakllanib boradi. 
*
Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e'tibori barcha bolalarning 
maktabgacha ta’Iim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to’liq egallab olishlariga 
qaratiladi, chunk! bu maktab ta'limiga to’laqonli tayyorlashning majburiy sharti 
hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta 
guruhlardagi pedagogik jarayon o ’ziga xosdir. Bu o ’ziga xoslik maktabning 
ta'Iim-tarbiya ishlaridan nusxa ko’chirishgina emas, balki bolalarning ularda 
maktabda muvaffaqiyatli o ’qitish uchun zarur bo’ladigan sifatlami og’ishmay 
shakllantirishga 
yo’llangan 
faoliyat 
va 
xulq-atvorlarini 
maxsus 
tashkil 
etilishidadir.
Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xil faoliyatlarida; o’z-o’ztga xizmat 
qilishda, navbatchilikda, tabiat qo’ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo’la 
boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita 
rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi.
Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalami amalga oshirish bilan bir 
qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va Jismoniy mashg’ulotlami bajonidil 
bajarish, o ’z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. SHuning uchun 
bolaning Jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o ’stiruvchi harakat faolligini 
rivojlantirish kerak.
Bu guruhdagi bolalarni Jismoniy mashqlarning sport turiga (suzish va shunga 
o ’xshash) Jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarning asosiy harakatini
150


о stiruvchi, jamoatchilikni. javobgarlik his elishni, chidamlilikni, mustaqillikni. 
uyushqoqlikni larbiyalovchi harakatli o'yinlar kun tartibidagi katta o'rin egallaydi. 
Harakatli o'yinlarni boshqa mashqiar bilan almashtirib borish hamma harakatlarni 
rivojiantirishning asosiy shailidir.
To g'ri tashkil etilgan sayr bolalarning jismoniy rivojlanishida muhim o'rin 
tutadi.
Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqallanishini ta'minlash bo'yicha 
g'amxo'rlik qilib boradi.
Ta'Iimning larbiyalovchi va rivojlanliruvchi xususiyati hozirgi zamon ta'limiga 
xos printsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziqish va bilish jaryonlarini rivojlantiradi. 
Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka. ko'nikmalar ma'Ium izchillik 
bilan takomillashtirilib boriladi. Natijacfa bolalar kattalarning ko'rsatmasi va 
namunasi bo'yicha ish-harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi 
t'aoliyatda qo'llashga, o'zining xulqi, ishi, hatti-harakatini nazorat qilish va to'g'ri 
baholashga o’rganib boradilar.
Bolalarda 
topshiriqqa 
ongli 
munosabat 
shakllanadi. 
Tarbiyachining 
tushuntirish va ko’rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o'z ishida yaxshi natijaga 
intilishi, ma'Ium tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi shakllanadi, ish 
qobiliyati ortadi.
Tarbiyachi mashg’ulot paytida har bir bolaning diqqati, tafakkuri, xotirasi, 
bilim ya malaka darajasidagi o ’ziga xos xususiyatlami e'tiborga oladi.
^Ta'Iim jarayoniga alohida yondoshish aqliy vazifalami, ulami bajarish 
usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo etadi. 
Masalan, bola biror narsani o’zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga 
mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida 
yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materiaini yaxshi 
o ’zllashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida qo’llaniladigan metodlarning o ’ziga xos tomoni 
bor. Ko’rgazmali metodlar bu erda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan 
birga bolalarning fikriash faoliyatini faollashtirish uchun ham qo’llaniladi. 
Masalan, manzarali rasm chizish mashhg’ulotida namunani ko'rsatishdan 
m ashg’ulotning boshida xotirani, xayol obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, 
mashug’lotning oxirida esa o’zining bajargan ishini, rasmni to’g’ri bajarganini 
tekshirish uchun namuna bilan taqqoslih ko’rish maqsadida foydalaniladi.
Bilimlami bolalar puxta o ’zlashtirib olshilari, ta'Iim Jarayonini faollashtirish 
maqsadida amaliy va o ’yin metodlarini ko’rgazmali metod bilan to’g’ri qo’shib 
olib borishda og’zaki metod katta ahamiyatga ega. O ’yin metodlari, ayniqsa 
didaktik o’yinlar metodi ham o ’z ahamiyatini yo’qotmaydi. CHunki ta'Iim 
o ’yinlar, ayniqsa didaktik o ’yinlar orqali olib borilgan bolalar o’quv vazifasini 
yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi, faoliyatni 
faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi.
Rivojlantiruvchi ta'Iim prinitsipini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar 
faoliyatiga rahbarlik va uni to’g’ri baholab borishi ham muhim ahamiyatga ega. 
CHunki bunda faqat ishning natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda

151


bolalaming aqliy faoliyati, mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat 
qilganliklari ham e'tiborga olinadi. Tarbiyachining bolalar ishini baholashga 
pedagogik nazokat bilan yondashish natijasida ular o ’zlarining yutuq va 
kamchiliklarini tushunib oladilar va kelgusida yaxshiroq natijalarga erishish uchun 
harakat qiladilar.
Bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda tahlil qilish; solishtirish, taqqoslash, 
nazorat qilib borish o ’quv faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
malakalarni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarni bajarilgan ishlarni tahlil qilishga 
o ’rgatar ekan, avvalo o ’zi namuna beradi, keyin reja tuzib beradi va shundan keyin 
bolalar o ’zlari va o ’rtoqiarining ishini mustaqil tahlil qilib, uni baholaydigan 
bo’lib qoladilar. Balalardagi o ’z-o’zini tekshirish malakasini tarbiyalash uchun 
tarbiyachi bolalarga o ’rtog’i ishni qanday bajarganligini gapirib berishni taklif 
etadi va yo’l-yo’lakay “ Sen uning ishni qanday bajarganini qaerdan bilib olding?”, 
“Nima uchun shunday deb o’ylaysan?” kabi savollarni berib boradi.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalaming mashg’ulotda uyushqoqlik bilan 
shug’ullanishlariga talab ortadi. Bolalaming ish Joyini tayyorlab olish, kerakli 
materiallarni to’g ’ri joylashtirish, ishni nia'lum ketma-ketlik bilan bajarish kabi 
malakalarni egallab olishlari aqliy mehnat malakasini shakllantiradi. SHuning 
uchun bolalarni bo'lajak faoliyat uchun zarur bo'ladigan ana shu ishlarga o’rgatib 
boriladi.
Bolalarni m agshg’ulotlardagi xulqiga ham talab ortadi. To’g ’ri o’tirish, o ’zini 
batartib tutish. diqqat bilan quioq solish, boshqalaming gapini bo’lm a^ik, 
o ’rtoqiarining Javobini to ’Idirish va boshqalar shularjum lasiga kiradi. 
,
Bu yoshdagi bolalarga axloqiy va mehnat tarbiyasi berish dasturi 
murakkablashadi; o ’z tengdoshlari va kattlar bilan munosabati shakllantiriladi, 
insoniy xislami tarbiyalash kuchaytiriladi. Xulq normalari qoidalarini egallab 
olishlariga, kundalik hayotda uchrab turadigan odob, axloq doirasidagi vazifalarni 
hal qilishga e'tibor beriladi.
Bolalarni maktab va o’quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Boshlang’ich sinf 
o’qituvchisi va MTMning tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini 
maktab bilan tanishtirish bo’yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar 
yil davomilda 3 marta o ’tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov 
guruhi bolalari maktab o ’quvchilari bilan tanishadilar, ular MTM bolalariga 
o'zlarining maktabdagi o’qishlari, ishlari to’g ’risida gapirib beradilar; o ’quvchilar 
xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o ’simlik va hayvonlarni 
qanday 
parvarish 
qilayotganliklari, 
ustaxonada 
qanday 
ishlarini 
bajarayotganliklarini ko’rsatadilar.
Bolalarni maktab va o ’quvchilar xayoti bilan tanishtirishning ish shakllari:
• 
sinfda “Rasmga qarab so’zlab berish” mavzusidagi dars - mashg’ulotni 
birga o ’tkazish;
• 
sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jasmoniy tarbiya 
mashg’ulotini birga bajarish;
152


• 
birinchi sinf o’quvchilari va tayyorlov guruhi bolalari ishlagan 
rasmiarning birgalikdagi ko’rgazjuasini tashkil etish;
• 
maktab ustaxonasida o ’quvchilarning mehnat mashg’ulotini kuzatish. 
O ’quvchilar o ’zlari tayyorlagan o’yinchoqiarni bog’cha boalalriga sovg’a 
qilishadi;
• 
maktabda o’qiyotgan bolalar o’z bog’chasiga kelishadi;
• 
“Maktab” o’yinini tashkil etish.
Maktabgacha ta'Iim muassasasi tarbiyachisi va boshlang’ich sinf o’quvchisi 
faoliyatida izchillik yaqqol namoyon bo’ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta'Iim 
berishni boshlaydi, ikkinchrsi davom ettiradi. Maktab bilan MTM o’rtasidagi 
aloqa mustaxkam bo’lgandagiga bola tarbiyasidan ko’zlangan maqsadga erishi 
mumkin.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin