Jahon tarixi


Yevropaning mashhur musiqachilari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Yevropaning mashhur musiqachilari. 
Bu davrning mash- 
hur musiqachilari: nemis kompozitorlari I. Bax (1685—1750), 
V. Motsart (1756-1791) va L. Betxoven (1770-1828)lar edi. 
Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozgan ulkan asari 
«Matfey aytgan uqubatlar» deb ataladi. Unda Isoning shogirdi 
Matfey hikoya qilib bergan Isoning uqubatlari ifoda etiladi. 
Injildagi rivoyat asosida Bax odamlarni qutqarish uchun 
o‘zini qurbon qilgan qahramon dramasini bayon etadi.
153


V. Motsartni zamondoshlari «XVIII 
asrning haqiqiy m o‘jizasi» deb atashgan. 
Haqiqatan ham shunday. U 3 yoshidan 
boshlab musiqa o ‘rgana boshlaydi. 5 
yoshida o ‘zining b irin ch i konsertini 
yozadi. 12 yoshida yozgan operasi 
M ilan (Italiya) teatrida qo‘yiladi. 14 
yoshida esa Italiyadagi eng obro‘li m u­
siqa akademiyasining a ’zosi etib say- 
lanadi.
1786-yilda yuqorida nomi qayd etil- 
gan Bom arshening «Figaroning uylanishi» komediyasiga 
bastalangan opera qo‘shiqlari va musiqasi mashhur b o ‘lib 
ketdi. Uning so‘nggi asari «Rekviyem» (Sokinlik) edi. U cher- 
kovlarda marhumning xotirasiga bag‘ishlab ijro etiladigan 
hayot va o‘lim, inson qismati haqidagi asardir.
Betxoven ayanchli hayot kechirdi. U eshitish qobiliyatini 
deyarli yo‘qotgan edi. Shunday bo‘lsa-da, kompozitor taslim 
bodmadi. U mashaqqatli ijod yodida o‘zi bilan o ‘zi kurash 
olib bordi. Natijada Betxoven barchani hayratga soladigan 
musiqalar yaratdi. Ular ichida «Fantaziya yodida sonata» va 
«Qahramonnoma» simfoniyasi kabi asarlari, ayniqsa, mash- 
hurdir. Simfoniya markazida b o ‘ysunmas, isyonkor, taq- 
dirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, 
qo‘rqmas inson obrazi turadi.
Savol va topshiriqlar
1. «Robinzon Kmzoning hayoti va g ‘aroyib sarguzashtlari» asarida
qanday g ‘oyalar ilgari surilgan ?
2. Nega P.Bomarshening «Figaroning uylanishi» komediyasi hukmron
tabaqalar g ‘azabiga sabab bo ‘Igan ?
3. Onore de Balzak ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. A.S. Pushkin hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Nima sababdan buyuk musiqachilar I.Bax, Motsart va Betxoven
asarlari hamon mashhuriigini saqlab keimoqda?

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin