www.ziyouz.com kutubxonasi
101
tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, kibr va manmanlik uni egallab
olgan. Agar nasihat qilsa, qattiq gapiradi. O‘ziga nasihat qilinsa, e’tibor bermaydi. Ular
do‘zaxning yettinchi tabaqasida bo‘ladi. Birodar! Sen sukutni mahkam tutki, u bilan
shaytonni mag‘lub qilasan. Bema’ni kulishdan va foydasiz yurishdan saqlan!»
Boshqa bir xabarda shunday deyiladi: «Ba’zan bir kishining dovrug‘i mashriq va mag‘rib
orasini to‘ldiradigan darajada tarqaladi. Lekin uning Alloh huzurida pashshaning
qanotichalik qadri bo‘lmaydi».
148
Rivoyat qilinishicha, xurosonlik bir kishi Hasan Basriyning majlislarida bo‘lib, so‘ng
yurtiga qaytish vaqtida, u zotning huzurlariga besh ming dirham pul va nozik matodan
tikilgan o‘nta kiyim solingan xaltani ko‘tarib kirdi. Shunda Hasan Basriy (r.a.) aytdilar:
«Alloh taolo senga ofiyat bersin! Nafaqa va kiyimlaringni qaytarib ol, bizning bunga
ehtiyojimiz yo‘q. Kimki men kabi mavqe’da o‘tirsa (mav’iza qilsa) va odamlardan
shunga o‘xshash narsani qabul qilsa, qiyomat kuni hech qanday nasibasiz holda Allohga
ro‘baro‘ bo‘ladi».
148. Bu ko‘rinishda topmadim. Lekin «Sahihayi»da bir oz farqli holatda topdim.
Jobir (r.a.) mavquf va marfu’ holda rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) aytganlar: «To‘g‘ri kelgan olimning huzurida o‘tiravermanglar. Balki besh
narsadan qaytarib, besh narsaga chaqirgan olimning huzuridagina o‘tiringlar: shak-
shubhadan qat’iy ishonchga; riyodan ixlosga; dunyoga rag‘bat qilishdan zohidlikka;
kibrdan kamtarlikka; adovatdan nasihatga».
149
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«So‘ng (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: «Eh, qani eni, bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato