Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Bandalari uchun chiqarilgan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

«Bandalari uchun chiqarilgan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga 
chiqaradi?»
(A’rof surasi, 33-oyat) deb marhamat qilgan. Albatta, buni tark etish unga 
kirishdan ko‘ra yaxshiroq ekanini bilaman. (Bundan keyin ham) bizni maktubingdan 
darig‘ tutma. Biz ham seni maktubimizdan darig‘ tutmaymiz. Vassalom!» 
Molikning (r.a.) insofiga qaraki, ziynatni tark etish uni olishdan yaxshiroq ekanini e’tirof 
etib, uning mubohligiga fatvo berdilar. U zot ikkala holatda ham to‘g‘ri so‘zlagandirlar. 
Bir inson qachon, bu nasihatdagi kabi insof va e’tirof bilan nafsini isloh etsa, keyin uning 
nafsi mubohlar huzurida to‘xtashga qodir bo‘lsa, ammo bu uni riyokorlikka, xushomad 
go‘ylikka va yomon ko‘rilgan ishlarga o‘tib ketishga majbur qilmagan bo‘lsa, u kishi 
Imom Molik kabi (buyuk) maqomdadir. Lekin ko‘plar ziynatlar oldida o‘zini to‘xtatishga 
qodir bo‘lmaydi. Shu sababdan mubohlar bilan ziynatlanish katta xatardir. Bu holat xavf 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111
va qo‘rquvdan uzoq. Holbuki, oxirat ulamolarining asosiy xususiyati qo‘rquvdir. 
Qo‘rquvning xususiyati esa, xatar ehtimoli bo‘lgan ishlardan uzoqlashishdir.
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri 
podshohlardan uzoqroq bo‘lish, modomiki, 
qochishga imkoni bor ekan, umuman huzurlariga kirmaslikdir. Podshohlar uning 
huzuriga kelsalar ham, ularga aralashishdan saqlanishi lozim. Chunki dunyo shirin va 
ko‘rkamdir. Uning jilovi podshohlar qo‘lida. Ular zolim bo‘lishi bilan birga, roziliklarini 
topish va qalblarini o‘ziga moyil qildirish uchun takallufidan xoli bo‘lmaydi. Ularni inkor 
etish, zulmlarini bildirish va fe’llarining qabihligini aytish bilan dillarini ranjitish har bir 
dindorga vojib bo‘ladi. Sultonlar huzuriga kirib yurguvchi kishi yo ularning chiroyli 
hayotlariga qarab o‘zidagi Allohning ne’matini kamsitadi, yoki ularni inkor etishdan sukut 
qilib, ularga xushomad qiluvchi bo‘ladi, yoki ularning roziligini topish va hollarini 
maqtash uchun gapida takalluf qiladiki, bu ish ochiqdan-ochiq bo‘htondir, yoki ularning 
mol-dunyolaridan bir qismini qo‘lga kiritishni tama’ qiladiki, bu yomon sifatdir. 
Podshohlarning molidan olish joiz bo‘lganlari va joiz bo‘lmaganlari, yomon va yaxshilari 
(bayoni) yaqinda «Halol va harom» kitobida keladi. Xulosa qilib aytganda, ularga 
aralashish yomonliklarning kalitidir. Oxirat olimlarining yo‘llari esa, bundan ehtiyot 
bo‘lishdir.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim sahroda yashasa, (qalbi) qattiq 
bo‘ladi, kim ovga ergashsa, g‘aflatda qoladi, kim podshoh huzuriga borsa fitnaga 
uchraydi».
159
Yana shunday deydilar: «Yaqinda ustingizga shunday amirlar keladiki, 
ularning sizlarga maqbul va siz rad etadigan amallari bo‘ladi. Kim ularni inkor qilsa, 
gunohdan qutuladi. Kim yomon ko‘rsa, salomat bo‘ladi. Lekin kim rozi bo‘lsa va tobe’ 
bo‘lsa, Alloh taolo uni uzoq qiladi». Shunda (sahobalar): «Ularga qarshi jang 
qilmaylikmi?» dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yo‘q, ular namoz 
o‘qisalar, urushmang»,
160
dedilar. 
Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Jahannamda bir vodiy borki, unda faqatgina 
podshohlarni ziyorat qilguvchi qori-olimlar turadilar». 
Huzayfa (r.a.): «Fitna chiqadigan joylardan saqlaning», dedilar. «U qaysi joy?» deb 
so‘rashdi. U kishi: «Amirlarning eshiklari. Sizlardan birortangiz amirning huzuriga kirsa, 
uning yolg‘onini tasdiqlaydi va unda bo‘lmagan sifatlarni gapiradi», deb javob berdilar. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olimlar, modomiki, podsholarga 
aralashmasalar, Allohning bandalari ichida payg‘ambarlarning ishonchli vakillaridir. 
Qachonki, aralashsalar, payg‘ambarlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Shunda ulardan 
ehtiyot bo‘linglar va ajralinglar».
161
Bu hadisni Anas (r.a.) rivoyat qilganlar. 
159. Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati, sahihi.
160. Imom Muslim Ummu Salamadan rivoyat qilgan. 
161. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilingan. 
A’mashga (r.a.): «Siz ilm ihyo qildingiz, chunki sizdan ko‘plar ilm oladi», deyishganida, u 
kishi aytdilarki: «Shoshmanglar! (Mendan ilm olganlarning) uchdan biri uni idrok 
etmasdan oldin vafot qiladi. Yana uchdan biri podshohlar eshigidan ajralmay qoladi, ular 
odamlarning eng yomonidirlar. Qolgan uchdan bir qismining ham juda ozi najot topadi». 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin