bob. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA FIRMALARNING XATTI-
HARAKATI
Ishlab chiqarish va uni tashkil etish asoslari
Bu bobda ishlab cliiqaruvchilarning xatti-harakati, ishlab chiqarish omillari va
mahsulot hajmini o‘zgartirish zarur bo'lganda, firmalar ishlab chiqarishni qanday
tashkil etadilar va ishlab chiqarish xarajatlarini qanday o'zgartiradilar, kabi
masalalarga c’tibor qaratiladi. Firma va korxonalarning asosiy va/ifasi — mahsulot
ishlab chiqarib, uni sotish, maksimal foydaga erishish. Mahsulot ishlab chiqarish
uchun ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish zarur.
Ishlab chiqarish jarayoni — bu mehnat va tabiiy jarayonlarni ma’lum tartibda ketma-
kctlikda tashkil etish maimuasi bo'lib, ular yordamida xomashyo, materiallar tayyor
mahsulotga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqa- rishning asosiy elementlari:
Kishilarning foydali mehnat jarayoni, ya’ni «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati».
«Mehnat» — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi
jismoniy va aqliy mehnati qobiliyati.
Mehnat vositalari — mashina, mcxanizmlar, texnologiya, dastgohlar, binolar, tovar
moddiy boyliklari va boshqa mehnat qurollari.
Mehnat buyumlari — xomashyo materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish jarayonidagi
ishlab chiqarilishi tugallanmagan mah- sulotlar, ixtirolar.
Ishlab chiqarishni tashkil etish — muhim va murakkab jarayon, u hamma narsani hal
qiladi.
Korxona bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlari — asosiy va yordamchi jarayonlarga
boMinadi.
Asosiy texnologik jarayonlar yordamida xomashyo material- larining shakli, yirikligi,
tuzilishi, ko'rinishi va xususiyatlari o‘z- garadi.
117
Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksiz, bir me’yorda, ritmda, mo‘tadil
borishini ta’minlaydi. Ular yordamida olingan mahsulotlar asosiy ishlab chiqarishga
xizmat qiladi. Ularga asbob-anjomlar ishlab chiqarish, ehtiyot qisnilar va boshqalar
kiradi.
Xizmat qiluvchi jarayonlarga asosiy va yordamchi jarayonlarning bir me’yorda
muvaflfaqiyatli borishini ta’minlovchi jarayonlar kiradi. Bunday ishlarni
mashinaso/lik korxonasida transport xo'jaliklari, ombor xo'jaliklari, mahsulot sifatini
nazorat etish, energetika xo'jaliklari bajaradi. Lekin korxonada asosiy jarayonlar hal
qiluvchi ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarish jarayonlari nihoyatda murakkab jarayon va ular, odatda, bir necha
fazalarga, bosqichlarga bo'linadi:
Tayyorlov.
Qayta ishlash.
Yig‘uv yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish.
Har bir ishlab chiqarish fazasi bir qancha xususiy jarayon- lardan iborat bo‘lib, ular
tayyor mahsulot ustidan nisbatan tugallangan jarayonlarni ifodalaydi. Xususiy
jarayonlar texnologik jarayonlarga bo'linadi.
«Texnologik jarayon» deb, bir ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan bir ish joyida
mehnat qurollari (kapital) va mehnat buyumlari o'zgarmagan sharoitda bajariladigan
ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismiga aytiladi.
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, sotiladigan tovarlar hajmi, ularning
bahosi, xarajatlar va foyda miqdori ishlab chiqarish omillaridan iborat bo'lgan ishlab
chiqarish tcxnologiyasiga bog'liq.
Agar firma yangi avtomobil ishlab chiqaradigan bo'lsa, «mashinaning yig'uv sexlari
qay darajada texnika bilan jihozlanadi, qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi
kerak?» kabi savollar har doim shu firmani qiziqtirib turishi lozim. Shuningdek, firma
avtomobil ishlab chiqarishni ko'paytirmoqchi bo'lsa, «ishchilar sonini qanchaga
oshirish kerak, yangi korxona qurish kerakmi yoki shu korxonani kcngaytirish,
quwatini oshirish zarurmi, qaysi biri maqsadga muvofiq?» savollari uni o'ylantiradi.
Bu xildagi savollar har qanday ishlab chiqarishga tegishli. Demak, ishlab chiqarish
nazariyasi va xarajatlar firmani boshqarishdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
118
Наг qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi tabiiy resurslar, ish kuchi, texnologiya,
zaruriy tadbirkorlik va boshqaruv qobiliyatini birlashtiruvchi mexanizmdan iborat1.
Har qanday iqtisodiy tizim- ning pirovard maqsadi — kishilarning ehtiyojini tovarlar
va xi/matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash orqali qondirishdan iboratdir.
Iqtisodiy tizimning birinchi ajralmas qismi — bu tabiiy resurslar; ikkinchi qismi —
ishchilar soni; uchinchi qismi — mavjud bo'lgan ish kuchi- ning sifati.
Resurslar mavjudligi hamma narsani hal etmaydi. Mavjud resurslar maksimal
darajada iqtisodiy foyda beradigan sohalarga yo'naltirilishi lozirn. O'zbekiston
Respublikasi xilma-xil tabiiy resurslarga boy mamlakat. Bu vazifani mamlakatimiz
hayotida kapital va menejment hal etishi zarur. Amerika iqtisodiyotidagi tajriba buni
ma'qullaydi.
Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari va ishlab chiqarish davri
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Proporsionallik.
Uzluksizlik.
Mo'tadillik.
Parallellik.
Buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida eng qisqa yo'l bilan harakat qildirish, ishlovga
uzatish va tayyor mahsulot olish. Buning uchun korxonaning sex va uchasikakirida
joylashishi texnologik jarayon talablariga javob berishi kerak.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
Proporsionallik — vaqt birligi ichida korxonaning asosiy va yordamchi sex-
uchastkalarida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi teng miqdorda bo'lishi lozim.
Uzluksizlik — mahsulot turi cheklangan, ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan
sharoitda amalga oshiriladi. Bunda buyumlarga
1 Основы американской .жономики. Пер. с англ. М.. ППП, 1993, 22—25-betlar.
119
ishlov berishda kutib qolishlar bo'lmaydi. Uzluksizlik darajasi (U) tanaffuslar vaqtini
(7) ishlab chiqarish davrining uzunligiga (Id) nisbati bilan topiladi:
Mo'tadillik — har bir ish joyida, uchastka, sex va korxonada bir xil vaqt ichida
mahsulotni teng miqdorda yoki asta-sekin ko'payib borishini ko'rsatadi.
Parallellik bir vaqtda barcha ish joylarida bir qancha detallar va mahsulot bo'laklarini
ishlab chiqarilishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etishga qo‘yilgan eng asosiy talablardan
biri — mahsulot ishlab chiqarish (tay- yorlash) davrining uzunligi eng kam miqdorini
ta’minlash. Ishlab chiqarish davri xomashyo materiallari ishlab chiqarishga kiritil-
gandan to tayyor mahsulot bo'lib chiqqungacha ketgan vaqt uzunligi.
Ishlab chiqarish davri qancha kam bo'lsa, unumdorlik shuncha yuqori bo'ladi. Mehnat
sarfming me’yori ma’lum vaqt oralig'ida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki shu
hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt. Demak, ishlab chiqarish ofr\
rinina kamayishi mehnatning tejalishi hisoblanadi. b hlab chiqarish davri texnologik
jarayonlar davridan va tanaffuslar davridan iborat.
Ishlab chiqarish davrining uzunligi quyidagi umumiy formula asosida topiladi:
I um ~ ^ (^texn ^tab Aiaz hr ) * 5-X^opa * ^sma )■
I
I
bu yerda, Tum — ishlab chiqarish davrining umumiy uzunligi, soat, min; t,cxn —
texnologik jarayonlar uzunligi; tMh — tabiiy jarayonlar u/unligi; t)W, — nazorat
etish jarayoni uzunligi; — transport operatsiyalari uzunligi.
Bu vaqtlar texnologik jarayonlar davri, deb yuritiladi: — buyumlarni smenalararo
operatsiyalar o'rtasida turib qolish vaqti; rsma — smenalararo turib qolish vaqti; / —
operatsiyalar va tanaffuslar soni.
Ishlab chiqarish davrining uzunligi buyumlar, detallar, uzel- larga (mahsulot
bo'laklariga) ishlov berish usuliga bog'liq. Buyumlarga ishlov berish tartibiga ko'ra,
ishlab chiqarish davri uzun yoki qisqa bo'ladi.
120
Ishlab chiqarish omillari (resurslar) to‘g‘risida tushuncha
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ish- tirok etadigan, ishlab
chiqarishning pirovard natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan resurslar «ishlab chiqarish
omillari», deb ataladi.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiy resurslarning quyidagi guruhlari mavjud:
tabiiy resurslar yoki yer va yer osti hamda ustki boyliklari;
kapital;
mehnat resurslari;
tadbirkorlik qobiliyati (tadbirkorlik).
Bu omillarning har birini iqtisodiyot tizimida o'z o'rni bor, ular ma’lum xildagi
vazifalarni bajaradilar.
Tabiiy resurslar — tovarlarni ishlab chiqarish va xi/mat ishlarini bajarishda
ishlatiladigan tabiiy nc’matlar. Ular Ibydali qa/ilmalar, o'rmonlar, suv, havo va
sluing* o'xshashlar. Tabiiy resurslar deganda, iqtisodchilar «yer» iborasini ham
ishlalib, unga ham «ishlab chiqarish omili», deb qaraydilar. Yer tabiiy omil sifatida
o'rganiladi. O'zbekistonning yer fondi davlat chegaralariga qadar bo'lgan hamma
yerlar hisoblanadi. Davlat yer fondi qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalanish uchun
jamoa xo'jaligi va boshqa xo'jaliklarga borib qo'yilgan qishloq xo'jaligi yerlaridan,
aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq aholi
joylarining yerlaridan), sanoat, transport, kurort, qo'riqxonalarning yerlaridan va
boshqa har xil yerlardan (davlat o'rmon fondlari yerlaridan, davlat suv fondlari
yerlaridan) iborat.
O'zbekistonning umumiy yer fondi keyingi ma’lumotlar bo'yicha 44,75 mln gektar,
shundan salkam 32 mln gektari qishloq xo'jaligiga qarashli yerlar. Qishloq xo'jaligi
yerlari ichida katta salmoq 83,5 % ni o'tloqlar va yaylovlar egallaydi.
Yer fondi quyidagilardan tashkil topadi:
sug'oriladigan yerlar;
yaylovlar;
o'rmonzorlar;
yo'llar va ko'p yillik daraxtlar bilan band bo'lgan yerlar;
suv osti yerlari;
shaxsiy tomorqa xo'jalik yerlari;
boshqa yerlar.
121
Yer — inson mehnati mahsuli emas. Ishlab chiqarish omilining bu guruhiga tabiat
bergan boyliklar, yer osti qazilma boyliklari ham kiritiladi. Ular ishlab chiqarish
jarayonida ishlatiladi. O'zbe- kistonda yer resurslaridan foydalanish holati ham
qoniqarli emas, deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va
boshqa viloyatlarda. Masalan,
yerni qonunsiz ravishda egallab olish;
sug'oriladigan ekinzorlami qishloq xo'jaligi oborotidan chiqib kctishi;
ko'plab dala maydonlari turli xil sabablar bilan ekilmay qolishi;
yerdan bclgilangan maqsadlarda foydalanilmaslik hollarining mavjudligi;
ko'p yerlarni zax, sho'r bosib botqoqlikka aylanib borishi;
yerdan foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik holatlari, mo'ljaldagi ekinlar
o'rniga boshqa xil ekinlar ekish. Bunday yerlar 2001-yilda 41 ming 500 ga bo'lgan.
2001-yilning yakuni bo'yicha 120 ming 500 ga yerda paxta hosildorligi 10 sentnerdan,
Chelak tumanida 8,3 sentner, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 8,6 sent- ner. Eng
yuqori paxta hosildorligi 28,7 sentner bo'lib, bu Farg'ona viloyatining Yozyovon,
Andijon viloyatining Ulug'nur tumani xo'jaliklariga to'g'ri keladi;
statistik hisobotlarda yer miqdorini fermer xo'jaliklari tomonidan kamaytirib
ko'rsatilishi.
Bu guruhga foydalaniladigan yerlar, o'rmonlar va boshqalar kiradi. Ayni o'rinda har
bir kishi O'zbekistonning tabiiy xomashyo resurslari to'g'risida yetarli darajada
ma’lumotga ega bo'lishi foydadan xoli emas. Hozirgi vaqtgacha O'zbekistonda 2,7
mingdan ziyod turli xil foydali qazilma konlari va ma’danlar bo'lgan istiqbolli joylar
aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan
60 tadan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan; 900 dan ortiq kon qidirib topilgan
bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Shu
bilan birga, O'zbekistonning umumiy mineral xomashyo potensiali — 3,3 trillion
AQSH dollaridan ortiqroq baholana- yotganini ham aytib o'tish kerak.
122
Ishlab chiqarish omillarining1 mahsulot hajmi ko‘payishiga ta’siri
Firmaning xatti-harakati u yoki bu hajmdagi resurslardan qancha hajmda mahsulot
ishlab chiqarish mumkinligini ko'rsatadi. Bunday tahlil ishlab chiqarish
funksiyalaridan, yoki omillaridan boshlanadi.
«Ishlab chiqarish funksiyasi» deb, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini firma sarf
qiladigan mehnat va kapital resurslari hajmiga bog'liqligiga aytiladi. Ishlab chiqarish
funksiyasi quyidagicha bo'ladi:
Q= F(L, K),
bu yerda, L — mehnat; K— kapital.
Bu tenglama ma’lum turdagi mahsulotni (masalan, vino yoki kompyuter ishlab
chiqarish, poyabzal, shakar) ishlab chiqa rishning ma’lum usullari yoki
texnologiyasidan foydalanishda qo'llaniladi. Yoki mahsulot ishlab chiqarish
jarayonida ishlab chiqarish omillari — kapital, mehnat, xomashyo, materiallarni
birlashtirish uchun zarur bo'lgan turli xil usullar to'g'risida ma’lum darajada bilimlar
bo'lganda ishlatiladi. Ma'lumki, texnologiyalar taraqqiy etib, rivojlanib boradi.
Shuning uchun firma ma’lum miqdordagi va sifatdagi ishlab chiqarish omillarini
(resurslarini) va mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishning eng foydali usul- larini
tanlagandagina mahsulot hajmini oshirishi mumkin.
Barcha firmalar samarador bo'lishga harakat qiladi. Lekin buning uchun ishlab
chiqarishni shunday usullari ni tanlash kerakki, ular ham texnologik ham iqtisodiy
jihatdan samarador bo'lsin.
Berilgan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun boshqa hech qanday usullar
bo'lmay, faqat shu bitta ishlab chiqarish usuli yordamida juda bo'lmaganda resurslarni
biron birxili bo'yicha xarajatlari kam bo'lgan ishlab chiqarish usuli texnologik jihatdan
samarador usul hisoblanadi. Yoki shu berilgan hajmdagi resurslardan ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi maksimal darajada bo'lsa, bunday ishlab chiqarish usuli
texnologik jihatdan samarador hisoblanadi. Bu ikki tuilumcha bir xil ma’noni beradi,
chunki ular resurslar isrof bo'lmasligini talab etadi.
1
«Ishlab chiqarish funksivalari» deb ham yuritiladi.
123
Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish — isrofgarchilikka, yoki unumsiz, foydasiz
ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Ular firmalar
samaradorligining ta’minlanishini taqozo etadi, ya’ni firmalar har bir ishlab chiqarish
omillaridan ma’lum nisbatda foydalanib maksimal samaradorlikka erishishlari
mumkin. Mahsulot hajmini kamaytiradigan ishlab chiqarish omillarining
kombinatsiyasi ishlatilmaydi. Albatta, «ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy
samarador bo'ladi», deb aytish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin «maksimal foydaga»
intilgan firmalar resurslarni bekorga sarf etmaydi, deb aytishga barcha asoslar bor.
Foydani maksimallashtirish uchun firma xarajat qiladigan resurslarni shunday tanlab
olish kerakki, bozorda sotishga moMjallangan mahsulot miqdoriga ketadigan ishlab
chiqarish xarajatlari minimal darajada bo‘lsin.
Izokvantalar
«Izokvanta» deb, bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashda
ishlatiladigan barcha ishlab chiqarish omillarining joylashishini ifoda etuvchi egri
chiziqqa aytiladi. Masalan, oziq- ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat va
kapital resurslaridan foydalanadigan ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganiladi yoki
bir xil hajmdagi mahsulot uchun kapital va mehnat xarajatlari turlicha boMishini
ko'rish mumkin. Masalan, 2 birlik kapital, 4 birlik mehnat sarflab, 85 birlik mahsulot
ishlab chiqarishga erishiladi va hokazo. Bu 10-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadi.
10-jadval
Bir xil hajmdagi mahsulot miqdori uchun kapital va mehnat xarajatlari har xilligining
holatlari
Kapital qo'yilmalar
(kapital sarfi) — К
Mehnat sarfi (mehnat salmog'i)
— L
1
2
3
4
5
1
20
40
55
65
75
2
40
60
75
85
90
3
55
75
90
100 105
4
65
85
100 110 115
5
75
90
105 115 120
124
10-jadvaldagi ma’lumotlarni izokvantalardan foydalanish asosida graflkda ko'rish
mumkin:
34-chizma. Ishlab chiqarish omilining ma’lum vaqtda o'zgarishi natijasida ishlab
chiqarilgan mahsulot egri chizig'i (grafigi).
Chizmada uchta ishlab chiqarish izokvanlalari berilgan. Chizmaning o'qlarida ma’lum
davrdagi ishlab chiqarish omillari joylashgan. Izokvantalar l()-jadval ma’lumotlariga
to'g'ri keladi.
A nuqtadagi 1 birlik mehnat sarfi va 3 birlik kapital xarajati 55 birlik mahsulot oiishni
ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda D nuq- tada shunday miqdordagi mahsulot uchun 3
birlik mehnat va 1 birlik kapital sarf etiladi.
Q, izokvanta Q2 izokvantadan yuqori va o‘ng tarafda yotibdi. Chunki unda Q2 dagiga
qaraganda ko'proq mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish
omillari joylashgan.
Izokvantalar befarqlik egri chizig'iga o'xshagan bo'lib, agar xaridorlar talabini
qondirish darajasini past dan yuqoriga qarab ko'rsatsa, izokvantalar mahsulot ishlab
chiqarish hajmini ko'rsatadi. Befarqlik egri chizig'ining yuqorida bo'lishi izokvantalar
yordamida mahsulot ishlab chiqarish darajasini o'lchagandek, buyumlarning
foydalilik darajasini o'lchab bo'lmaydi.
Izokvanta xaritalari izokvanlalai to'plami bo'lib, ma’lum miqdordagi ishlab chiqarish
omillaridan yoki resurslaridan foydalanish hisobiga maksimal miqdorda mahsulot
ishlab chiqarilishini ko'rsatadi. Izokvanta xaritalari — ishlab chiqarish
funksiyalarining alternativ usulda yozilishi. Befarqlik egri chizig'i xaritalari ham
xuddi shunday buyumlarning foydaliligini yozishning alternativ usuli. Har bir
izokvantaga turli miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish mos keladi.
125
Izokvantalar firmaning mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha qarorlar qabul qilishdagi
sharoitga moslashish qobiliyatini ko'rsatadi.
Qisqa davr mobaynida ishlab chiqarish omili o'zgaaivchan bo'lsa, boshqasi doimiydir.
Shu davrda o'zgarmaydigan omillar «o'zgarmas omillar», deb ataladi. Shuning uchun
qisqa davrda ishlab chiqarish hajmining o'sishi o'zgaruvchan resurs o'qiga parallel
yotadi.
Har bir alohida holatda, ya’ni aniq turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va sotishda
ishlab chiqarish omillarining o'zgarish davri har xil.
Qisqa davrda ikki omildan — kapital va mehnat omilidan bir vaqtda foydalanib
bo'lmaydi. Masalan, 10-jadval va 34-chizmadan ko'radigan bo'lsak, 90 birlik mahsulot
ishlab chiqarish uchun firma mehnat xarajatlarini 1 birlikdan 3 birlikka oshiradi.
Shunda chizmadagi A nuqta С nuqta holatiga suriladi.
Lekin qisqa davrdagi 90 birlik mahsulot uchun xarajatlar 120 dollarni tashkil etadi,
ya’ni uzoq davrdagi E nuqtada turgan xarajatlarga nisbatan 10 dollarga ko'p bo'ladi
(120 doll=3 br.kapital
10 doll+3 br.mehnat *30 doll).
Agar firmaning oziq-ovqat mahsuloti 55 birlik hajmda qolsa,
birlik mehnat resurslari va 3 birlik kapital ishlatiladi (A nuqtada). Firmaning qisqa
davrdagi 55 birlik mahsulot uchun umumiy xarajatlari 60 dollarni tashkil etadi.
Chunki mehnat xarajatlari 30 dollar/soat,
7.6. Qisqa bozor davridagi ishlab chiqarish
К — kapital sarfi
kapital sard atigi 10 dol-
larga teng (3 birlik ka-
pital • 10 doll + I birlik
mehnat *30 doll/s).
35-chiznia. Qisqa davrdagi ishlab chiqarish omillarining kombinatsiyasi. Bu chizmada
mehnat omili o'zgarib, kapital o'zgarmagan holat ko'rsatilgan.
I.
— mehnat sarfi
A
Pirovard mahsulot — mehnat sarfinining 1 birlikka oshirilishi hisobiga olingan
qo'shma birlik mahsulot miqdoridir. Qisqa davrda ishlab chiqarishning kengayishi
o'zgaruvchan omildan olinadigan sa- maraning pasayib borishi
126
qonuni ta’sirida bo'ladi. Shunday qilib. jonli mehnat o'zgaruvchan bo'lib, kapital
o'zgarmagandagi holatni o'rganadigan bo'lsak, bunda firma mehnat resurslari sarlini
ko'paytira borib, shuning hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Korxona rahbari, albatta, «qancha ishchi ishlatilishi kerak, qancha miqdorda palto,
kostum ishlab chiqilishi zarur?», savollariga javob topish uchun mahsulot qancha
o‘sib borayotganini bilishi zarur. 11-jadval kapital o'zgarmay, mehnat xarajatlari turli
miqdorda o'zgarib borgandagi mahsulot hajmini ko'rsatadi. Jadvaldan ko'rinib
turibdiki, barcha holatlarda kapital miqdori bir xil — 10 birlik. Mehnat xarajatlari 8
birlikka yetganda mahsulot ortib boradi va 112 birlikda bo'ladi. Undan keyingi
mehnat xarajatlari mahsulotning ko'payishiga yordam bermaydi. Aksincha, mahsulot
kamayadi, xarajatlar samarasiz bo'ladi.
/ l-jadval
Bir ishlab chiqarish omili о‘/цагд:ш<1ац1 ishlab i hi(|arisli natijalari
Mehna
t sarfi
(1.)
Kapital
sarfi
(K)
Mahsulot
ishlab
chiqarish hajmi
(Q)
O'rtacha
mahsulot
(Q/L)
Pirovard
mahsulot
(Q/L)
0
10
0
—
—
1
10
10
10
10
2
10
30
15
20
3
10
60
20
30
4
10
80
20
20
5
10
95
19
15
6
10
108
18
13
7
10
112
16
-4
8
10
112
14
0
9
10
108
12
-4
10
10
100
10
-8
O'zgaruvchan resurslarning pirovard mahsuldorligini kamayib borishi «unumdorlikni
kamayib borishi qonuni» yoki (nisbatlar o'zgarishi qonuni), deb noni oldi. Birinchi
marta bu qonun
asrning ikkinchi yarmida fransuz iqtisodchisi Tyurgo
127
tomonidan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini ilmiy jihatdan o‘rganishi tufayli
topildi. D. Rikardo, J. St. Mill kabi olimlar ham bu qonundan o‘zlaricha boshqa
sohalarga qoMlab foydalanishgan1.
Hozirgi zamon iqtisodiyot fani unumdorlikni kamayib borish qonunini umumiy
xarakterda, deb biladi va kishilar faoliyatining har qanday sohalariga tegishli, deb
hisoblaydi. Bunda bir va bir necha omillar ishtirok etadi, shulardan biri to'xtovsiz
ko'payadi, boshqalari esa o'zgarmaydi (resurslar o'/.garmaydi). Bu haqiqat isbot talab
qilmaydi, uy bekasi bu bilan ovqatga tuz solganda har kuni to‘qnashadi.
Shu jadval ma’lumotlari asosida 36-chizma tahlil qilinsa, mahsulot hajmi 112 birlikka
yetguncha ko‘payib, keyin pasayish (36 a-chizma) kuzatiladi.
Q — mahsulot hajmi
L — mehnat sarfi
36 a-chizma. Ishlab chiqarish omilining o‘zgarishini ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.
Pirovard mahsulot egri chizig'i 36 a-chizmada gorizontal o'qni ishlab chiqarish
umumiy hajmining eng ko‘p darajasida kesib o'tgan: Q/X= 112/8. Bunga sabab,
ishchini bittaga ko‘paytirsa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi pasayadi. Natijada, shu
ishchi uchun pirovard mahsulot nisbiy, samarasiz boMadi.
Ko‘rinib turibdiki, bir ishchi bir kunda 10 birlik hajmda mahsulot ishlab chiqarsa,
yollangan ikkinchi ishchi olingandan keyin 20 birlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Natijada, 2 kunda
ishchi 30 birlik mahsulot ishlab chiqaradi (10+20). Shunda o'rtacha unumdorlik 15
birlikka yetadi.
1 C.H. Ивашковский. Микроэкономика. М., «Дело», 1998, 180-bet.
128
Pirovard mahsulot o'rtacha mahsulotga teng kelganda o'rtacha mahsulot egri chizig'i
eng yuqori darajaga chiqadi. Bu holat chizmada M nuqtada ko‘rinadi (36 b-chizma).
36 b-chizma. Ishlab chiqarish omilining birontasi o'zgargandagi mahsulot ishlab
chiqarish egri chizig'i.
Samaraning kamayib borish qonuni
Samaraning kamayib borish qonuni qisqa davrdagi ishlab chiqarish holatida
ishlatiladi. Bu qonun ma’lum xil texnologiya mavjud bo'lgan sharoitda qo'llaniladi.
Agar texnika-texnologiya takomillashib o'zgarsa, ishlab chiqarish hajmi ko'payadi,
mehnat sarfi esa ortib boradi. Bu xarajat 8 birlikdan oshgandan so'ng jonli mehnat
samarasi pasayadi. Demak, yuqorida ko'rsatilgan qonun ishlagan bo'ladi.
Qonun shuni ko'rsatadiki, ma’lum darajadan so'ng ishlab chiqarish omillarining
qo'shimcha xarajatlari foyda bermaydi. 37-chizma ham shuni ko'rsatadi:
Ishlab chiqarish hajmi
37-chizma. Texnologiya yaxshilatiishining ishlab chiqarishga ta’siri. 9 - 457
129
7.7. Uzoq bozor davridagi ishlab chiqarish
Qisqa davrda ishlab chiqarish omillaridan biri o'zgaruvchan, boshqalari o'zgarmay
qolsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi, ken- gayishi o'zgaruvchan omillar qaytimi
(unumdorligi)ning kamayib borishi qoidasiga bo'ysunadi.
Uzoq davrda, firma barcha ishlab chiqarish omillarini o'zgar- tirish imkoniyatiga ega.
Ishlab chiqarish hajmini tejash qoidasi amal qiladi. Agar shu mavjud texnologiya
sharoitida ishlab chiqarish hajmini oshirish barcha resurslarni teng miqdorda,
proporsiyada oshirib borish hisobiga ta’minlansa, ishlab chiqarish samarador bo'ladi,
ishlab chiqarish ko'lamining o'zgarishi holati sodir bo'ladi.
Uzoq davr shunday vaqt oralig'iki, bunda barcha omillarni — mehnat, material
xarajatlarini o'zgartirish uchun vaqt yetarli bo'ladi. Bunday ishlab chiqarish omillari
«o'zgaruvchan omillar», deb yuritiladi. Uzoq davrda korxona quwatini ham
o'zgartirish imkoniyati bor, lekin turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish
muddati turlicha. Bunga sabab mahsulotni ishlab chiqarishning murakkabligi,
xususiyatlari, og'ir-yengilligidir. Masalan, salqin ichimliklar uchun uzoq davr 12 kun
bo'lsa, neft-kimyo yoki avtomobil firmalari uchun 10 yil muddatni tashkil etadi.
Farazga ko'ra, dastlabki ishlab chiqarish hajmining ishlab chiqarish omillari
(funksiyalari) quyidagicha:
Qti=f{K,L).
Unda ishlatiladigan resurslar hajmini N marta oshirgandan so'ng ishlab chiqarish
funksiyasi quyidagicha ко'finish oladi:
Q=f (NK,NL).
Bunda ishlab chiqarish hajmining o'sishi turlicha bo'lishi mumkin:
.
Resurslarni N marta oshirish bilan ishlab chiqarish hajmi ham N marta oshsa
(Q,=N-Q(), ishlab chiqarish resurslarining qaytimi (unumdorligi) doimiy bo'ladi:
QA—ab=bs.
.
Agar ishlab chiqarish hajmi N martadan kam ko'paysa (Q, L N • Q0), ishlab
chiqarish ko'lamining kamayib borish holati sodir bo'ladi: QA 130
А' — kapital
38-chizma. Resurslar o’zgarishining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.
39-chizmu. Ishlab chiqarish hajmini mo'ljaldagi- dan kamayishining oqibatlari.
40-chizma. Ishlab chiqarish o'sishining resurslar sarfmi kamayishiga la’siri.
Ishlab chiqarishni har safar oshirib bo- rish shunga yarasha resurslar sarfmi talab
etadi.
d). Agar ishlab chiqarish N marta- dan ko'p oshsa {Q,>N -Q0), unda ishlab chiqarish
haj- mining o‘sishidan oli- nadigan qaytim (foyda) ko'payadi: Qa >ab >/;.v.
40-chiJniada buni ko'rish mumkin.
Ishlab chiqarish funksiyalarini ifoda- lovchi yana bir bel- gini, ya’ni resurs- larning
o'xshashligini kiritsak, u holda re- surslarni N marta ko'- payib borishi bilan ishlab
chiqarish Nr maria oshadi:
Qt(NK,NL) =
Nr QU(KL),
bu yerda, t — funk- siyalarning yoki re- surslaming o‘xshashligi darajasini ko'rsatadi.
0‘xshashIik dara- jasi ishlab chiqarish ko'- lamini oshirish hisobiga olingan qaytimni
(foydani) ko'rsatadi:
131
agar t=l bo'lsa, ishlab chiqarish omillari o'xshash bo'lib, qaytim doimiy bo'ladi.
agar td) agar t>l bo'lsa, ishlab chiqarish ko'lamining o'sishidan olinadigan natija ko'payib
boradi1.
Agarbu mulohazalarni chizmada ko'rsatadigan bo'lsak, ishlab chiqarish ko'lamining
qaytimi ko'rsatkichni koordinata o'qining boshlanishidan chiqqan o'q uzun!igidagi
masofani ifodalashi mumkin, ya’ni izokvantalar o'rtasidagi ishlab chiqarish hajmlarini
ifodalaydi:
(C?) — Q> 2 Q, 3 Q va hokazo.
ASOSIY IBORALAR VA TUSHUNCIIALAR
Ishlab chiqarish jarayoni — xomashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish
jarayoni.
Ishlab chiqarish omillari — mehnat, kapital, xomashyo va materiallar.
Mehnat — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish borasidagi jismoniy
hamda aqliy mehnati qobiliyatlariga aytiladi.
Ishlab chiqarish funksiyasi — ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari firma sarf
qiladigan mehnat va kapital resurslari hajmiga bog'liq] igi.
Izokvanta — bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashda ishlatiladigan
barcha ishlab chiqarish omillarining joylashishini ifoda etuvchi egri chiziq.
Ishlab chiqarish davri — xomashyo va materiallarni kiritilgandan to tayyor mahsulot
bo'lib chiqquncha ketgan vaqt uzunligi.
Demping — ichki bozorda tovarlarni tashqi bozorga nisbatan pastroq bahoda sotish.
Demping baholari sotiladigan tovarlar tannarxidan past bahoda boiishi mumkin.
Demping tashqi bozorda raqobat kurashi vositasi sifatida ishlatiladi.
Depozit — moliya-kredit, bojxona, sud yoki ma’muriy tash- kilotlarga saqlab turish
uchun berilgan pul mablag'lari yoki qimmatli qog'ozlardir. Depozitni ishonchligini
bildiruvchi hujjat bo'lib, depozit guvohnomasi hisoblanadi.
1 C.H. Ивашковский. Микроэкономика. М., «Дело», 1998. 176-177-
betlar.
132
Depozit sertifikati — tezkor foiz olish mumkinligini ko‘rsatuvchi qimmatli qog‘oz.
Deflatsiya — Davlat tomonidan inflatsiyani kamaytirish maqsadida ortiqeha
pullarning bir qismini muomaladan olish.
Ipoteka — ko'chmas mulk (yer, qurilishlar)ni uzoq muddatli ssuda olish uchun
garovga qo‘yish.
Marja — tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, foiz stavkalari orasidagi
farq.
Subsidiya — yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy hokimiyat organlari, boshqa
davlatlar uchun pul hisobida beriladigan yordam. Shuningdek, istiqbolli sohalarni
rivojlantirish, zarariga ishlagan korxonalar uchun, yangi ish joylarini tashkil etish
uchun, baho o‘sishi natijasidagi qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish, fundamental ilmiy tadqiqot ishlari, yangi texnologiyani
kiritish va boshqalar uchun beriladigan, qaytarib olinmaydigan davlat yordami.
Ssuda — kelishilgan muddat mobaynida zayom qiymatidan foiz hisobida
olinadigan to'lov uchun berilgan qarz.
Subvensiya — davlat tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan
yordam puli (subvensiya korxonalarga davlat tomonidan maxsus loyihalarni
moliyalashtirish uchun ham berilishi mumkin).
NAZORAT SAVOLLARI
Ishlab chiqarishni tashkil etish nima?
Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari, ularning mohiyatini bayon cting.
Ishlab chiqarish jarayoni va uni tashkil etish qoidalarini sanang.
Ishlab chiqarish davri, uning tarkibi, ishlab chiqarish davrini hisoblang.
Firma va korxonalar mahsulot hajmini ko'paytirish uchun resurslarni qanday
tanlashi lozim?
Izokvanta chizig‘ining mohiyati nimada?
Qisqa davrda ishlab chiqarish hajmi qanday o'zgaradi?
Resurslar o'zgarishini ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini chizmalar yordamida
tushuntiring.
133
Dostları ilə paylaş: |