383
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati
shundaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni
hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Тayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida
yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning
ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Тayyor mahsulotlarni kirimi va
chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar
miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo’yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig’i
chiqariladi.
O’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish –
topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni
buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi
buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda
tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor
mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga
topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo’yicha taksirovka qilinadi va
buxgalteriya ma’lumotlari (16- qaydnomaning I- bo’limi) bilan solishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: