Korxonalarda pul mablag’lari hisobini takomillashtirish. Turayeva Gulizahro



Yüklə 333,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.09.2023
ölçüsü333,87 Kb.
#148917
1   2   3
Turayeva G 951-954 JUSR

Muxokama va natijalar 
Korxona amalga oshiruvchi har qanday faoliyat turi pul mablag‘larini talab 
qiladi. Korxona pul mablag‘lari asosan mahsulot, ish va xizmatlar, shuningdek 
qimmatbaho qog‘ozlarni va mol mulkni sotishdan kelib tushadi. Yuridik shaxslarning 
pul mablag‘larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O‘zR 
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 2015 yil 16 mayda MB 
tomonidan tasdiqlangan va 2015 yil 22 iyunda Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga 
olingan "Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish 
Qoidalari"da batafsil yoritib berilgan.
 
Korxonalarda pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan 
ularning turkumlanishiga bog‘liq. Chunki pul mablag‘larining qaysi manbalardan kelib 
tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini tahlil qilish asosida ulardan 
samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin. 
Hozirda amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi: 
1) valyuta turlari; 
2) qaysi joyda saqlanishi; 
3) qaysi maqsadlarga sarflanishi; 
4) qaysi manbalardan kelib tushishi; 
5) pul mablag‘lari turlari. 
Respublikamizda xo‘jalik sub’ektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi 
so‘mda balki boshka chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish 
imkoniyatlari berilgan. O‘zR Markaziy bankining qaroriga ko‘ra, barcha xo‘jalik 
sub’ektlariga 1999 yil 1 iyuldan boshlab, bir necha banklarda o‘zlarining turli 
valyutalardagi hisob raqamlarini ochish imkoniyati berildi. (1-jadval) 
1-jadval.Pul mablag‘larining faoliyat turlari bo‘yicha sarflanishi 
№ Faoliyat turlari 
Pul mablag‘larining sarflanishi 

Asosiy 
(operatsion) 
faoliyat 
a) ish haqi 
b) ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish 
c) xarajatlarni to‘lash 


953 
d) olingan kreditlarga foizlar to‘lash 
e) soliqlarni to‘lash 

Investitsiyaviy 
faoliyat 
a) asosiy vositalarni sotib olish 
b) qimmatli qog‘ozlarni sotib olish 
v) kreditlar berish 

Moliyaviy 
faoliyat 
a) o‘z aktsiyalarini sotib olish 
b) obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish 
v) dividendlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish 
Pul mablag‘larining akkreditiv va chek daftarchasi shakliga o‘tkazilishidan 
ko‘zlangan asosiy maqsad, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni tezlatish va 
ishonchdan chiqqan yoki bir-biridan ancha uzoqda joylashgan yuridik shaxslar 
o‘rtasidagi hisob-kitoblarda qo‘llashdan iboratdir. 
Xulosa 
Xulosa qilib aytganda pul mablag’lari bu – korxonaning asosiy to’lov 
vositalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning pul mablag'la’i asosan hisob-kitob 
schetida, kassada, valyuta schetida va maxsus schetlarda saqlanadi. Pul mablag’lari 
hisobi kassa kitobi, kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob schetidan ko’chirmalar va 
boshqa hujjatlar yordamida yuritiladi.
Korxonalarning bankdagi milliy va xorijiy 
valyuta hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari mamlakatimiz 
iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga 
xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad 
keltirishdan iboratdir. 

Yüklə 333,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin