PP A = 15 000 : 3 750 = 4 yil;
«B» loyiha bo‘yicha:
PP B = 2 + (15 000 – (7 500 + 6 500)) : 1500 = 2,67 yil.
Yuqoridagi hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘zini-o‘zi qoplash muddati bo‘yicha
investor uchun «B» loyiha maqbul hisoblanadi.
Ta’kidlash joiz-ki, investisiyalar iqtisodiy samaradorligini baholashda
«qoplanish muddati»ko‘rsatkichining ayrim
kamchiliklari ni inobatga olish lozim.
Birinchidan, u qoplanish muddatidan tashqaridagi mavjud daromadlarni
hisobga olmaydi (12.2-jadval). Masalan, investisiyalashning birinchi va ikkinchi
variantlari qoplanish muddatlari bo‘yicha bir xil samaralidir, chunki xarajatlarni
qoplash 4 yil ichida ta’minlanadi. Lekin, 2-chi variant afzalroq, chunki u
investisiyalardan foydalanishning butun davri davomida ko‘proq daromad
keltiradi.
12.2-jadval Investisiya loyihalarining qiyosiy tavsifi Variant
Yillik daromad,
mln. so‘m
Investisiya hajmi,
mln. so‘m
Qoplanish
muddati, yillar
Loyihadan
foydalanish
muddati, yil
1
2
3 800,0
4 200,0
14 000,0
14 000,0
4
3,5
6
4
Ikkinchidan, ushbu ko‘rsatkich kumulyativ daromadlar summasi bir xil
bo‘lgan, ammo uni yillar bo‘yicha taqsimlanishi har xil bo‘lgan loyihalar
o‘rtasidagi farqni hisobga olmaydi. Masalan, «A» loyihaning yillik daromadlari
800, 600, 400 mln. so‘m va «B» loyihaning yillik daromadlari 200, 600, 1000
mln.so‘m bo‘lib, samaradorlik bir xil. Lekin, agar daromadlar diskontlansa, «A»
loyiha dastlabki ikki yilda katta daromad keltirganligi bois, afzal hisoblanadi.
Uchinchidan, ushbu ko‘rsatkich additivlik
58
xususiyatiga ega emas. Buni
quyidagi misolda ko‘ramiz (12.3-jadval).
«A»