3.1-rasm. Fishing hujumiga misol
Quyida keng tarqalgan fishing sxemalariga misollar keltirilgan.
Mavjud bo ‘lmagan havola.
Fishing hujumining mazkur turida biror web saytga
o‘xshash web saytga murojaat amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Masalan,
www.PayPai.com manzilini www.PayPal.com manzili sifatida yuborish mumkin.
Bu holda kamdan-kam holda foydalanuvchilar “l” harfini o‘riniga “i” harfi borligiga
e’tibor berishadi. Havolaga murojaat qilinganida esa www.PayPal.com web saytga
o‘xshash, biroq soxta web saytga tashrif buyuriladi va talab kiritilgan to‘lov kartasi
ma’lumotlari kiritiladi. Natijada, kiritilgan ma’lumotlar xaker qo‘liga tushadi.
Bunga yaqqol misol sifatida, 2003 yilda eBay foydalanuvchilariga tarqalgan
fishing xabami keltirish mumkin. Mazkur xabarda foydalanuvchilarning akkauntlari
blokirovkalangani va kredit karta ma’lumotlari blokirovkadan chiqarilishi kerakligi
keltirilgan va unda rasmiy web-saytga o‘xshash soxta web saytga olib boruvchi
havola mavjud bo‘lgan. Ushbu fishing hujumining keltirgan zarari bir necha yuz
ming dollarga teng bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: