75
Deduksiya
(lot. deductio – xulosa chiqarish) – umumiy bilimlardan
alohida bilimlar tomon boruvchi xulosa chiqarish usuli.
Demonstratsiya
(lot. demonstratio – ko„rsatish) – isbot jarayonidagi
mantiqiy fikrlash usuli bo„lib, uning natijasida asoslardan tezisning to„g„ri
yoki xato ekanligi aniqlanadi.
Dixotomik bo„lish
( grek. dicha – va, home – ikki qismga ajratish) –
tushunchalarning hajmini ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo„lgan
tushunchaga bo„lish)
Yetarli asos qonuni –
formal mantiqning asosiy qonunlaridan biri. Bu
qonunning talabi: har qanday chin fikr yoki fikr chinligi isbotlanishi shart.
Juz‟iy hukm
– narsa-hodisalarning ayrimlari va ularning belgilari haqida
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr.
Ziddiyat qonuni
(lot. lex contradictionis) – formal mantiqning asosiy
qonunlaridan bo„lib, unga ko„ra bir predmet yoki hodisa to„g„risida
bildirilgan ikki qarama-qarshi fikr ayni bir vaqning o„zida va aynan bir
nisbatda birdaniga to„g„ri bo„lishi mumkin emas.
Induksiya
(lot. inductio – alohidalikdan umumiylikka) – xulosa
chiqarishning asosiy usullaridan biri. Induksiyada alohida va juz‟iy
bilimlardan umumiy bilimlar tomon xulosa chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: