9
Yuqoridagi to„rtlikda “ot” tushunchasining turli ma‟nolarda qo„llanilishi
ayniyat qonuni talabining buzilishini emas, balki unga rioya qilinganligini
ifodalaydi.
Shuningdek, o„zbek xalqiga xos bo„lgan askiya san‟atida ayniyat
qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning o„z ma‟nosida emas, balki
ko„chma ma‟nolarda qo„llanilishini kuzatish mumkin. Bu o„ziga xos so„z
o„yini bo„lib, unda qo„llaniladigan nozik qochirimlar askiya aytuvchining
mahoratini ko„rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo„ladi.
Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma‟nolarda
qo„llanilishidan g„arazli yoki beg„araz, yaxshi yoki yomon maqsadlar
uchun foydalanish mumkinligini ko„ramiz.
Dostları ilə paylaş: