140
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga
olgan holda qo‘yilishi lozim.
3. Jamoaning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatiga nisbatan qo‘yilayotgan
talablari jamiyat talablari bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi shart.
4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda
muomalasiga
nisbatan
qo‘yilayotgan
talablar,
ularda ma’naviy
madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi lozim.
O‘qituvchi qo‘yilayotgan talablar hajmini va tizimini bilib o‘rgangan
holda, talab qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan talablar bilan tanish-
tirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi
kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha
murakkab ish. O‘quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mum-
kin, biroq aksariyat holatlarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois mun-
tazam ravishda xulq-atvorni mashq qildirish lozim.
Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilarning amal qili-
shi ustidan nazorat o‘rnatiladi. Nazorat qilib borish turli shakllar yor-
damida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinf
xonasidagi navbatchilik, stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar.
Qo‘yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan nazorat muntazam
ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo‘lishi zarur. Olib borilgan
nazorat natijalaridan o‘quvchilarni ogoh etib borish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: