Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
Ritorika

XUSHMUOMALALIK.
Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi 
barchamizga ma’lum. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson 
botindan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilaniz. Biroq, tashqariga 
chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. 
Ya’ni, og‘izdan chiqqan yaxshi-yomon so‘z bevosita insonning ruxiyatiga 
o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan 
muomala qilinsa – yomonlik.
HAYO-IBOLILIK.
Hondamir, Vosifiy va boshqa zamondoshlarning 
asarlaridan bilanizki, Navoiy g‘oyat tabiati nozik, pok, xushxulq va o‘ta nazokatli 
kishilarni yaxshi ko‘rgan, o‘zi ham juda noziktabiat inson sifatida nom qozongan. 
Shu sababli u «Mahbubul qulub»dagi «tanbeh»larida hayo, beozorlik sifatlariga 


141 
alohida urg‘u berib ta’riflaydi. Vafo va xayoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda 
hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb ta’kidlaydi. 
 
MULOYIMLIK. 
Muloyimlik
 
barcha mutafakkirlar nazarida kishining 
maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik 
«xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu 
tushuncha achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga 
nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari 
aksar odamlarga yoqmaydi. 
BEOZORLIK
. Insonlarning tabiatidagi husumat, adovat, g‘azab kabi illatlar 
bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalar-da 
birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga 
yuqlamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr 
bilan muomala qilmaydilar.
Umuman olganda, axloqiy me’yorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari 
talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘htalib o‘tdik. Shunday ekan, muomalada 
pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz: 
agar axloqshunoslikning me’zoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy 
tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq- ular biridan ikkinchisiga o‘tib 
turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar bir-biri bilan shu darajada 
chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va 
odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin