Soxibaxon ped texnologiya doc


Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik
asoslari va o`ziga xos jixatlari
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 –
ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim
beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik,
vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat
ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat
jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana
boshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va


6
jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan
texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom
ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta
ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket
va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga
erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos
bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati
tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur
o`rganish taqozo etiladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu
asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni
tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi.
«Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda
shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir.
PT – bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari
yordamida ta`lim oluvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin