amaliy faoliyatida ko`nikma va malakalarli shakllantirish muxim axamiyatga ega. IV. Shaxsning yo`naltirilganlik darajasi - shaxsning ijtimoiy axamiyatga ega bo`lgan, atrof-muxitga munosabati, shuningdek, xulq-atvorining ruxiy asoslarini yo`naltiruvchi va boshqaruvchi sifatlarini mujassamlashtiradi .
•
K.K.Platonov tadqiqotlari ko‘rsatadiki, shaxs tuzilmasidagi biologik va sotsial omillar nisbati shaxs sifatlarining to‘rtta pog‘onaviy sathini farqlashga imkoniyat beradi: •
1.Irsiyat bilan bog‘langan sifatlarni birlashtirgan temperament sathi. Unga shaxsning ehtiyoj va instinkt xususiyatlari hamda jinsiy, yosh, milliy va boshqa sifatlarini kiritadi. •
2.Psixik jarayonlar xususiyatlari sathi. Bu sath sezgi, idrok, xayol, diqqat, xotira, tafakkur, hissiyot, irodaning individual xarakterini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu sathga olimlar tafakkurning mantiqiy aks etishi: assotsiasiya, qiyoslash, abstraksiyalash, induksiya, deduksiyalarni ham kiritadilar. •
3. Shaxs tajribasi sathi. Bu sath bilim, malaka, ko'nikma, odat (qillq) kabi sifatlar bilan belgilanadi. •
4. Shaxsning yo‘nalganlik sathi. Bu shaxsning shunday sifatiki, unda insonning atrof-muhitga munosabati aniqlanadi va u uning xulqi asosini tashkil etadi. Bulaiga qiziqish, nuqtai nazar, e’tiqod, ijtimoiy