INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA SANOAT
KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BOSHQARISH
Akbar Farhod o'g'li Abduraxmonov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya:
Maqolaning asosiy maqsadi innovatsion rivojlanish asrida
korxonalarning ishbilarmonlik faoliyatini boshqarishning nazariy jihatlarini har
tomonlama o'rganish va tahlil qilish, ularning asosiy kamchiliklari va farqlarini ochib
berishdir.
Kalit so’zlar:
Innovatsion rivojlanish, milliy iqtisodiyot, korxonalar.
MANAGING THE ECONOMIC POTENTIAL OF INDUSTRIAL
ENTERPRISES IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE DEVELOPMENT
Akbar Farhod oglu Abdurahmanov
Tashkent State University of Economics
Abstract:
The main purpose of the article is a comprehensive study and analysis
of theoretical aspects of business management of enterprises in the age of innovative
development, revealing their main shortcomings and differences.
Keywords:
Innovative development, national economy, enterprises.
Hozirgi vaqtda innovatsiyalarning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik samaradorlikni
oshirish va milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdagi ahamiyati tobora
ortib bormoqda.
Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini ta’minlab bera oladigan davlat
siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi uchun ancha murakkab, ayni
vaqtda dolzarb va yechilishi muqarrar bo’lgan vazifalardan hisoblanadi. Agar
an’anaviy ilmiy-texnik siyosati bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi bilimlarni va
ilimlarni talab etibgina qolmasdan asosan yangi bilimlarni yaratishga va ulardan
amaliyotda qisman foydalanishga qaratiladigan bo‘lsa, aksincha innovatsion
siyosatda esa, nisbatan mukammalroq yondashuv nazarda tutiladi, bunda bilimlarni
yaratish bilan teng ravishda, ulardan amaliy foydalanishga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sanoatni rivojlantirish birinchi
navbatda, taraqqiyotning xomashyo yo‘nalishidan innovatsiya yo‘nalishiga o‘tishi
natijada butun iqtisodiyotda strategik muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishi bilan
bog‘liq. Bunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ya’ni zamonaviylashtirish,
kooperasiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
271
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish
masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bugungi kunda milliy sanoatning tovarlar
va xizmatlar jahon bozoridagi qa’tiy raqobatga qo‘shilishida ularning ilmiy-
texnikaviy salohiyatini aks ettiruvchi innovatsiyalarning axamiyati beqiyos.
Ushbu maqola mahalliy toifadagi va chet ellik olimlar va iqtisodchilarning
iqtisodiy kategoriya sifatida ishbilarmonlik faoliyati va uni boshqarish, ushbu
boshqaruv uslublari va yo'nalishlariga oid ilmiy ishlarini tahlil qilishga asoslangan.
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish korxonalar
faoliyatining turli yo'nalishlarini qamrab oladi.
Iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida ko'pchilik olimlar asosiy e'tiborni
biznes faoliyatini boshqarishning ikkita asosiy jihatlariga qaratishi aniqlanadi:
❖
ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish
❖
iqtisodiy faoliyat samaradorligini boshqarish.
Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning har bir yo'nalishi tegishli yuritish
usullari bilan tavsiflanishi aniqlandi. Korxonani innovatsion texnologiyalar sharoitida
ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish usullari qatoriga quyidagilar kiradi:
•
xodimlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish;
•
ijtimoiy tartibga solish;
•
iqtisodiy hisob-kitob;
•
balans usuli;
•
moliyalashtirish usuli;
•
narxlarni tartibga solish;
•
qarz berish.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini va korxonalarni innovatsion sharoitlarda
boshqarish uchun psixologik va tashkiliy-ma'muriy usullar ko'rib chiqiladi. Iqtisodiy
faoliyat
samaradorligini
boshqarishga
qaratilgan
ishbilarmonlik
faoliyatini
boshqarishning ikkinchi jihati korxonalar egalarining bevosita qondirishidan iborat
zaruriy diskursiv ta'sirga erishish bilan tavsiflanadi.
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
272
Innovatsion texnologiyalar va raqamlashtirish davrida ilmiy olimlar
korxonalarning ishbilarmonlik faoliyatini boshqarish bo'yicha qarashlarning yetarli
darajada rivojlanmaganligi bilan ajralib turadilar, chunki ular uning faqat ikkita
asosiy jihatini ajratib ayta olishadi: ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv va iqtisodiy faoliyat
samaradorligini boshqarish usullari. Shuning uchun innovatsion rivojlanish asrida
korxona ishbilarmonlik faoliyati darajasiga ta'sir etuvchi omillarni samarali baholay
olishmaydi va korxona rahbarlari sifatli boshqaruv qarorlarini qabul qila olmaydi.
Korxonalarning ishbilarmonlik faoliyatini boshqarishning nazariy jihatlarini o'rganish
ushbu
tushunchaning
ta'rifini
shakllantirishga
imkon
berdi.
Barcha
mutaxxassislarning shaxsiy izohlashlari o’zlarining tizimli va keng qamrovliligi bilan
ajralib turadi va mantiqiy ravishda asosiy boshqaruv harakatlarini, ularning
yo'naltirilganligini va qo'llanilish muddatini belgilaydi. Sanoat-iqtisodiy tizimning
rivojlanish holati va dinamikasini, uning yo'nalishini belgilaydigan tendentsiyalar va
hodisalarning beqaror tabiati ko’pincha korxonalarning iqtisodiy samaradorligini va
maksimal darajasidagi rivojlanishni ushlab turishga doir islohotlar amalga oshirishiga
to’siq bo’lib turadi. Ushbu vaziyat korxonalar faoliyatiga, ularning tezkor reaksiya va
o'zgaruvchan bozor muhiti omillariga moslashish qobiliyatiga, mavjud resurslar va
boshqarish vositalaridan keng miqyosda foydalanishga erishish uchun maqbul
ravishda foydalanishga yangi talablar yaratadi. Innovatsion moliyaviy resurslar,
kadrlar rivojlanish darajasi, innovatsiyalar va bozor faolligi va boshqalar shular
jumlasidandir.
Tadbirkorlik faoliyati korxona faoliyati natijalari, uning salohiyati va
raqobatbardoshligi bilan bog'liq jarayon sifatida isbotlangan. Shuning uchun ham
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish korxonaning butun boshqaruv tizimida yetakchi
mavqega ega bo'lishi kerak, chunki bu uning qiymatining o'sishi uchun tegishli
sharoitlar yaratadi. “Korxona boshqaruvi"atamasi boshqaruv sub'ektining mikro va
makro samaradorligini doimiy ravishda oshirish uchun mavjud resurslarni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashning joriy rejalariga ta'siri sifatida
qaralishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish faoliyatning turli sohalarini
qamrab oladi.
Korxona istiqbolini belgilashda o‘zgarib borayotgan iqtisodiy ijtimoiy muhit
talablariga moslashish kunsayin tadbirkorlik ilmining asosiy amaliy muammolaridan
biri bo‘lib kelmoqda. Istiqboliy o‘zgarishlarning imkon boricha yuqori aniqlikda seza
bilish, raqobat kurashida samarali uslublardan va shakllardan foydalanish borasidagi
nazariy izlanishlar tez orada rivojlanayotgan korxonalarning amaliy tajribasiga
aylanmoqda. Har bir xo‘jalik sub’ekti o‘ziga xos bo‘lgan, antiqa innovatsion
strategiyalarni tanlashi, raqobatda Yangiliklarni tadbiq qilish bilan bo‘lgan
kutilmagan tadbirlarni amalga oshirishi natijasida biznes sohasida yangi rivojlanish
yo‘llari, uslublariga qiziqish tobora ortib bormoqda.
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
273
Respublikamizning korxona va tashkilotlarining jahon bozorlarida o‘z
o‘rnilarini topishlarida rivojlangan va yetakchi kompaniyalar tajribalarini
o‘rganishlari, ularning innovatsion boshqaruv faoliyatlarini va taktik tadbirlarini
kuzatishlari zarur bo‘ladi. Chunki xorijiy firmalar bilan iqtisodiy, ilmiy xamkorlik
sohalarini belgilashda "manfaatlar yakdilligi"ni ta’minlashda xar bir tadbirkor va
xo‘jalik sub’ekti o‘zining maqsadlari, uzoq va qisqa muddatli strategiyasini,
innovatsion siyosatini aniq belgilab olishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Vcherashniy R., Suxarev O. Innovatsii — instrument ekonomicheskogo,
razvitiya // Investitsii v Rossii. 2006. № 10. S.28.
2.
Voronin S.A. Nalogooblojenie kak instrument stimulirovaniya innovatsiy. //
«Obshestvennie nauki v Uzbekistane», №1, 2009g., s.29-34.
3.
Innovatsiya — dvijushaya sila kitayskogo obshestva v sovremennuyu epoxu.
//Ekonomist. № 4. 2008 g. S. 6.
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
274
Dostları ilə paylaş: |