Dilorom qosimova menejment nazariyasi


O’zbekiston R espublikasida elek tronik a m ahsulot-



Yüklə 8,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/230
tarix27.09.2023
ölçüsü8,03 Mb.
#149835
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   230
Menejment nazariyasi. Qosimova D.S

1. O’zbekiston R espublikasida elek tronik a m ahsulot-
larin i m a h alliy la sh tirish d a zarur eh tiyot qism lar va
tex n ik a -tex n olog iy a lar b ilan ta ’m in la n g a n lik h olati
Elektronika sohasida mamlakatimizda bir qator korxonalar fao­
liyat yuritib kelmoqda, bular ROISON, SINO, ZENITH va FOTON 
ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlaridir. Keltirilgan korxonalarning 
asosiy faoliyat turlaridan biri bo'lgan televizor va fotoelektrik stan- 
siyalarni ishlab chiqarish va lokalizatsiya qilish holati to'risida 
to'xtalib o'tam iz.
H ozirda m azkur kom paniyalarda m ahalliylashtirish dasturi 
doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:
televizor ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan lampalar va kor- 
puslar korxonaning o'zida ishlab chiqarilmoqda hamda mahalliy­
lashtirish darajasi 45% ni tashkil etadi;
fotoelektrik stansiyalarni ishlab chiqarish uchun kerak bo'lgan 
ehtiyot qismdardan alyumin piastinkalar, turli xil diodlar ichki bo­
zorda tayyorlanmoqda va uning lokalizatsiya ko'rsatkichi 35% ga 
yaqin.
Hozirgi davrda respublika elektronika ishlab chiqarishini to'liq 
mahalliylashtirish uchun texnika vositalari bilan ta’minlanish holati 
quyidagilardan iborat:
- mamlakatimiz mashinasozlik korxonalarida yangi texnika vosi­
talari qisman ishlab chiqarilmoqda;
- yangi murakkab texnika vositalari korxonalar tomonidan im­
port qilinmoqda;
- ishga yaroqsiz va nosoz texnika vositalarini ixtisoslashtirilgan 
korxonalar ta ’mirdan chiqarilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va uni sotish 
bo'yicha «Foton» OAJ korxonasi yetakchi o'rinni egallaydi. Ushbu 
korxonaning strategik maqsadi aholini sifatli plazmali televizorlar- 
ga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirish hamda qishloq joylariga elektr


energiyasini tejash maqsadida quyosh batareyalarini (fotoelektrik 
stansiyalar) yetkazib berishdan iborat.
Yuqorida belgilangan tovarlarni ishlab chiqarish uchun yangi 
texnologik m ashinalarni qo'llash talab etilmoqda, buning uchun 
mahalliylashtirish dasturi doirasida hukum at tomonidan ularni im­
port qilishga yordam beruvchi m axsus chora-tadbirlar ishlab chi­
qilgan. Bu vaqtinchalik hodisa bo'lib, uning asosiy omili murakkab 
texnologiyalarni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarish nis­
batan uzoq vaqt talab etadi. Shu bilan birga, uni ishlab chiqarish- 
dan avval mazkur yo'nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash, korxo- 
nalarni qayta modernizatsiya qilish zarur bo'ladi.
Ishga yaroqsiz bo'lib qolgan texnika vositalarini ta ’mirlash, 
nosoz detal va uzellarini vaqtida sozlari bilan almashtirish ishlari 
asosan «Foton» OKB unitar korxonasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan 
sexlar ustaxonalarida bajariladi.
Shuni alojida qayd etish lozimki «Foton» OAJ korxonasi tomo­
nidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar, xususan, fotoelektrik stansi- 
yalarni joriy davrda qishloq aholisiga sifatli yetkazib berish m aqsa­
dida viloyatlarda omborxonalar va distribyutorlik markazlari tashkil 
etildi. U shbu holat qolgan tadbirkorlar uchun qulay im koniyat 
yaratgani holda mahsulotning narxini oshirmaydi. Bundan tashqari 
korxonaning distribyutorlik markazlari tomonidan aholining mah- 
sulotlarni sotib olishida iste’mol kreditlaridan foydalanish imtiyozi 
yaratildi.

Yüklə 8,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin