Muhandislar
- avtomobil yo’llarining quruvchilari faol tarzda yo’l
qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishadi,
yo’l qurilishining bahosini pasaytirish, sur’atini, samaradorligi va sifatini
oshirish singari ishlar kompleks texnik- iqtisodiy muammolardan hisoblanadi.
Mazkur muammolarni yanada takomillashtirilgan, SAR bilan jihozlangan
ishchi organlari bo’lgan yo’l- qurilish mashinalarini keng tatbiq etish orqali hal
qilish mumkin. Bunday mashinalar eng kam bahoda ishlarning yuqori sur’ati va
sifatini ta’minlab berishi mumkin. Yanada takomillashtirilgan texnika
qo’llanilganda yo’l qurilishining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada
ortishi kerak.
Yo’l-qurilish mashinalarini takomillashtirish uchun ularning birlik
quvvatini oshirilishi, qisman va to’liq avtomatlashtirilishi asos bo’la oladi.
Fiziologik imkoniyatlari cheklanganligi yoki boshqaruvning xavfsiz emasligi
uchun inson talab qilinadigan aniqlik va topshirilgan tartibda mashinani
boshqara olmasligi sababli yo’l-qurilish mashinalari ishini avtomatlashtirish
zarur va samaralidir.
Yo’l
qurilishida
texnologiyani
o’zgartirish
(takomillashtirilgan
mashinalardan foydalanish, sifatni samarali nazorat qilish va hokazo) hisobiga
sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu orqali ishlarni bajarish usulini yaxshilash
mumkin (bahosi bo’yicha eng maqbul variantni tanlashni asoslash). Shuning
uchun yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning eng dolzarb
masalalaridan biri-bu, ish sifatini ishlab chiqarishda nazorat qilish
samaradorligi va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Bu ma’noda uni qisman yoki
11
to’liq avtomatlashtirish istiqbolli deb hisoblanadi. Misol tariqasida
kuzatuvchi tizimlardan foydalanishini ko’rsatish mumkin, bunda barcha
tayyorgarlik ishlari va asosiy ishlar to’g’ri bajarilganda yo’l to’shamasining
talab etiladigan tekisligi topshirilgan ehtimollik bilan ta’minlanadi.
Mahalliy yo’l - qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni
oqilona tashkillashtirish, qurilish mavsumini uzaytirish va ishlarni yil
davomida bajarish texnologiyasiga asta-sekinlik bilan o’tish, qurilishning
bosqichma-bosqichligi, yangi samarali material va konstruktsiyalarni qo’llash
hisobiga qurilish qiymatini kamaytirishga erishish mumkin.
Ishlar texnologiyasi u yoki bu texnologik jarayonni qay tarzda va nima
bilan bajarish kerak, degan savolga javob beradi. Ishlarni tashkillashtirish esa
vaqt va makonda mavjud bo’lgan resurslarni bir-biriga bog’lashdan iborat,
ya’ni ushbu texnologik jarayonni qachon, qaerda va kim bajarishi kerak, degan
savolga javob beradi.
Oqim
usulida liniyaviy ishlardan oldin jamlangan ishlar bajariladi. Agar
ishlarni liniyaviy va jamlanganturlarga bo’lishga ishlab chiqarishda ko’p
uchraydigan xususiyatlarsiz (geologik, tuproqli, suvli) yondashilsa, bu jiddiy
uzilishlar, murakkabliklar, ortiqcha mablag’lar sarflanishi va ish jadvalidan
orqada qolishga olib kelishi mumkin.
Xususan, tog’ sharoitida avtomobil yo’lini qurishda jamlangan ishlar
sifatida ularni sifatli va xavfsiz bajarish uchun alohida ob-havo sharoiti yoki
boshqa shart-sharoitlar talab qilinadigan ishlarni (ko’chkili yonbag’irlar, sel
xavfi mavjud joylar, doimiy suv oqimlari va sh.k.) ko’rsatish mumkin, chunki
bunda murakkab ishlarni (tirgak devorlarni o’rnatish, chuqur drenajlar, sun’iy
suv oqimlari va sh.k.) bajarishda yo’l poyining chidamliligi yo’qolish xavfi
vujudga keladi.
Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarga muvofiq eng samarali yo’l-qurilish
mashinalari, ish usullari va muddatlari, ayrim konstruktiv elementlar va butun
yo’l uchun texnologik yondoshuvlar turlicha bo’ladi.
12
Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi
noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga
bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika,
mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish;
ishlarni tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy
materiallardan foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli
texnologiya variantlarini ko’rib chiqish.
Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy
atmosfera sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda
yo’l inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda,
mustahkamligi ta’minlanishi shart.
Ma’lum qurilish sharoitida ish texnologiyasining eng maqbul varianti
to’g’risida qaror qabul qilish kerak.
Inshootning sifati va qiymati bunday variantni tanlash mezoni
hisoblanadi.
Avtomobil yo’lining sifati transport-foydalanish, texnologik,
ergonomik, estetik, ekologik va boshqa xususiyatlarni, shuningdek xizmat
muddati va boshqa asosiy parametrlarni o’z ichiga oladi. Avtomobil yo’lining
samaradorligi, ya’ni foydalanishdan olinadigan foydali samaraning yo’l
qurilishi va foydalanishiga ketgan umumiy xarajatlarga nisbati uning sifat
darajasi mezoni hisoblanadi.
Yo’lning uzunligi bo’yicha va vaqt mobaynida o’zgarib turadigan
tuproqlar, materiallarning xususiyatlari va holatlari, ayrim konstruktiv
qatlamlarning parametrlari, harorati hamda namligi bilan ifodalanadigan
yo’llarni qurish va foydalanish sharoitida ishlarni amalga oshirishning eng
maqbul usuli doimo bo’ladi, bu usul yo’lning talab qilinadigan foydalanish
xossalarini ta’minlab, uni qurish va foydalanishda keltirilgan eng kam
xarajatlarga mos keladi.
13
Boshqacha aytganda, texnologiya variantlarini ko’rib chiqishda berilgan
sharoit uchun eng kam xarajatlar bilan avtomobil yo’lining talab etiladigan
ko’rsatkichlarini ta’minlab beradigan ishlarni bajarish usulini doimo asoslab
berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |