K arim a q osim ova


b)  xulosani shakllantirish



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/283
tarix28.09.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#150114
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

b) 
xulosani shakllantirish: 
xulosa ba’zan o'quvchilar tomonidan
ba’zan o'qituvchi tomonidan shakllantiriladi. Uzoq muddatli tahlil va 
tushuntirishdan so'ng xulosani ta’rifmi ko'pincha o'quvchilar shakl- 
lantiradi, yasaydi. Bu mavzuda o'qituvchi quyidagicha xulosa yasaydi: 
Nechta?, qancha? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar sanoqni, nechanchi?
so 'rog ‘iga javob bo 'Igan so ‘zlar tartibni bildiradi.
F E ’L N I 0 ‘R G A N IS H M E T O D IK A S I
Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo'limlar orasidagi bog'lanish, 
dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o'rganish usullari 
va vositalari shu so'z turkumini o'rganish vazifasi, uning lingvistik 
xususiyatlari va kichik yoshdagi o'quvchilaming bilish imkoniyatlariga 
qarab belgilanadi.
,,Fe’l“ mavzusini o'rganishda asosiy vazifalar: so'z turkumi sifatida 
fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o'quvchilar nutqini 
fe’llar bilan boyitish hamda og'zaki va yozma nutqda fe’ldan to'g'ri 
foydalanish ko'nikmasini o'stirish, o'quvchilaming aqliy faoliyatini 
rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim imloviy 
qoidalarni o'zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bilan bog'liq 
holda hal etiladi.
Fe’ining lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun 
boshlang'ich sinf o'quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan 
tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid 
vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.
F e ’lni o'rganishda izchillik. 
1-sinfda fe ’l ustida ishlash.
Fe’l ustida 
ishlashga tayyorgarlik savodga o'rgatish davrida boshlanadi. Bu davr­
da o'quvchilaming diqqati fe’ining leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l 
uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik 
hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini 
bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig'iladi. 
Fe’l ustida ishlash mashqlarini ,,Alifbe“dagi so'z va mashqlarni o'qish, 
rasmga qarab gap tuzish bilan bog'lab o'tkaziladi. Bunda o'qituvchi 
o'quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so'z nimani 
bildirishini va qanday so'roqqa javob bo'lishini aniqlashga yordam be­
radigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni,


daraxtlami kuzatib yoki rasmlarni ko‘rib, gapni mazmunga mos so'zlar 
bilan to'ldiradilar: 
Kuzda mevalar ттг.
qiladi?... (pishadi), 
sabzavotlar
nima qiladi?... (yetiladi), 
daraxt baiglari
nima qiladi?... (sarg'ayadi). 
Bolalar
nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), ...(o'ynayaptilar), ... 
(ishlayaptilar).
Fe’lni o'rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan 
so'zlar mavzusini o'rganishdan boshlanadi (1-sinf, o'quv yilining
2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat 
bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) 
yugurayapti, arralayapti,
sakrayapti,
(nima qildi?) 
yugurdi, arraladi, sakradi,
(nima qiladi?) 
yuguradi, arralaydi, sakraydi
kabi misollardan foydalanish bilan
o'quvchilar o'zlari bajargan harakatlarni aytishni so'rab, ular bergan 
javobini (fe’lni) so'roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o'tkazish bi­
lan tushuntiriladi. O'quvchilarni so'roq berish bilan holat bildiradigan 
uxlayapti, о ‘ynayapti, faxrlanadi
kabi fe’llami ham tanlashga o'rgatib 
borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o'quvchilarda pred­
met harakatini keng ma’noda tushunish ko'nikmasining shakllana 
borishiga yordam beradi.
Dastur o'quvchilarda so'zlarga so'roq berib, ularni bir-biridan 
farqlash ko'nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun 
o'qituvchi fe’ining har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar 
o'tkazadi. 
Nima?
so'rog'iga javob bo'lgan so'z bilan 
nima qildi? (nima
qilyapti?, nima qiladi?)
so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar taqqoslanadi: 
nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar guruhi predmetni bildirishi, 
nima qildi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar esa predmet harakatini 
bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o'rgatadi, ular­
ning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi.
Fe’lga so'roq berishga o'rgatish yuzaki bo'lmasligi, o'quvchilar 
harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, 
nima qildi?, nima qilyapti?, nima
qilmoqchi?
so'roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, 
nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar?
so'roqlarini be­
rishni bilishlari zarur. Bunday so'roqlarga javob berishga o'rgatish o'z 
navbatida, fe’l zamonlarini o'rganishga tayyorlash demakdir.
1-sinfda morfologik so'roq so'z nimani bildirishini aniqlash 
maqsadida beriladi. O'quvchilarni so'zga so'roq berishga, o'qituv .hi 
bergan so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni tanlashga, so'zni so'roi^a 
mos ravishda o'zgartirishga (
nima qildi? —
qidi, 
nima qilamiz? ~
o'qiymiz, 
nima qilmoqchi?
— o'qimoqchi kabi) o'rgatiladi.


2—3-sinflarda fe’lni o'rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi 
„Fe’l — so'z turkumi" degan tushunchani shakllantirish, bo'lishli va 
bo'lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko'nikmasini 
hosil qilish, bo'lishsizlik qo'shimchasi (-ma) ning talaffuzi va imlosini 
o'rgatish hisoblanadi.
Fe’ining harakat bildirishi yuzasidan o'quvchilarda aniq tasawur 
hosil qilish uchun o'qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini 
tasvirlashni, ya’ni o'quvchilaming o'zlari bajarayotgan ish-harakatni 
aytishni so'raydi, suhbat o'tkazadi. Suhbatda „O'qituvchi nima qildi? 
O'quvchilar nima qildilar? Hozir o'qituvchi nima qilyapti? O'quvchilar 
nima qilyaptilar? Endi o'quvchilar nima qiladilar? O'qituvchi nima 
qiladi?" kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida 
o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida fe’llarni so'rog'i bilan yozib bo­
radilar. Masalan, 
nima qildi? —
so'zladi, tushuntirdi; 
nima qildilar?
— 
tingladilar, yozdilar; 
nima qilyapti? —
tushuntirayapti, so'rayapti, 
tinglayapti; 
nima qilyaptilar? -
javob berayaptilar, yozayaptilar, 
tinglayaptilar; 
nima qiladi? —
tekshiradi, ko'radi; 
nima qiladilar? —
ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.
Suhbatdagi yoki o'quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo'lagi 
jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: 
nima qildi? nima qil­
yapti? nima qiladi?
kabi so'roqlarga javob bo'lib, predmet harakatini 
bildirgan so'zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzasidan o'quvchilarda ko'nikma hosil qilish uchun 
so'roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo'yish, 
aralash berilgan so'zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi 
mashqlardan foydalaniladi.
Dasturga ko'ra 3-sinfda bo'lishli va bo'lishsiz fe’llar o'rganiladi. 
Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun „O'qish darsida 
kimlar o'qidi? Shokir ham o'qidimi? Kim so'zladi? Alisher so'zladimi? 
Barno kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi? 
Hozir kim tushuntirayapti? Hozir Tohir gapiryaptimi?" kabi savol­
lardan ham foydalaniladi. O'quvchilar so'roq berib fe’llarni topadilar, 
ma’nosini qiyoslaydilar va o'qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. 
Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, ya’ni bajaril- 
ganligini 
(o'qidi, so'zladi),
hozir bajarilayotganini 
(tushuntiryapti),
endi 
bajarilishini 
(boradi, о ‘qiydi)
bildiradi. Bu fe’llar bo'lishli fe’llar deyiladi. 
Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini 
(o'qimadi, so'zlamadi),
hozir bajarilmayotganini 
(o'qimayapti),
keyin ham bajarilmasligini 
(bormaydi)
bildiradi. Bunday fe’llar bo'lishsiz fe’llar deyiladi.


0 ‘quvchilar bo'lishli va bo'lishsiz fe’llarni so'roqlari bilan ikki 
ustun shaklida yozadilar va so'roqlarini bo'lishsiz fe’l qanday hosil 
bo'lganini aytadilar. O'quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkam- 
lanadi, bo'lishsizlik qo'shimchasi 
-ma -mi
shaklida talaffuz qilinsa 
ham, doim aslicha 
-ma
shaklida yozilishi tushuntiriladi. O'quvchilarda 
bo'lishli va bo'lishsiz fe’llarni ma’nolariga qarab farqlash ko'nikmasini 
o'stirish uchun bo'lishli fe’ldan bo'lishsiz fe’l hosil qilish, bo'lishsiz 
fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo'lishsiz fe’llar bilan 
gapiar tuzish mashqlaridan foydalaniladi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin