K arim a q osim ova



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/283
tarix28.09.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#150114
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

sen
II shaxsni, 
и
III shaxcni ko'rsatadi. Shundan so'ng 
biz, siz, ular
olmoshlari yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Kishilik olmoshlarining bir­
lik va ko'pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda 
men,
sen, u,
qaysi paytda 
biz, siz, ular
qo'llanilishi ustida ishlanadi. Egalik 
qo'shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so'zlovchi 
(men),
tinglovchi 
(sen),
o'zga 
(и)
eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog'lanadi. 
Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.
Kishilik olmoshlarining ko'pligini tushuntirishda „Biz Vatan ha­
qida ko'p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? 
tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O'quvchilaming kishilik 
olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida 
mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so'roq berish, qaysi 
so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlash, matndan kishilik olmosh- 
larini topish, ularni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish, kishilik 
olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo'lak 
bo'lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini 
aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tu­
zish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga 
yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar 
shaxsini o'zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish. Kishilik 
olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni 
o'quvchilar ongli o'zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir 
jadval osib qo'yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida 
kelishiklar haqidagi o'quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ulaming 
yangi mavzuni o'rganishlariga zamin tayyorlanadi:
— Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo'shimchasi va so'rog'ini 
ayting.


— Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo'shiladi?
— Kelishik qo'shim chalari qanday vazifa bajaradi? Misollar 
bilan tushuntiring.
O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. 
Masalan: 
Bilim davlatdan qimmat. (Maqol)
Davlatdan -
ot, chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan, 
-dan
qo'shimchasi otni qimmat so'ziga bog'lagan. O'quvchilar javobi 
umumlashtiriladi.
Shundan so'ng oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan darslikdagi 
mashq ustida ishlanadi:
— O'qing. Tagiga chizilgan so'z qaysi turkumga kiradi? Shu 
so'z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo'shimcha bilan 
qo'llangan? Bu qo'shimcha biz olmoshini qaysi so'zga bog'lagan? 
Ularni birlikda yozing: 
Bizni olib bordilar.
Kelishik qo'shimchasini va 
bog'lanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga 
yozing.
— Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini 
olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni 
birikma tarzida yozing: 
Bizning ko'z o ‘ngimizda.
Qo'shimchani va 
so'zlaming bog'lanishini belgilang.
Qolgan gapiar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir 
tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar.
Bizning ko'z o'ngimizda.
Bizga gapirib berdi va boshq.
O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalami oladi?
— Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi?
— Bu qo'shimchalar olmoshlarni qaysi so'zlarga bog'laydi? 
(boshqa so'zlarga)
— Kelishik qo'shimchasini olgan 
bizning, bizni, bizga, bizda, biz­
dan
kabilar qaysi so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak 
bo'ladi? (2-darajali bo'lak)
— Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi 
bo'lak bo'lib kelyapti? (Ega)
O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik 
qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, 
jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali


bo'lak bo'lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: 
Biz
mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushun­
cha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmosh­
larining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan 
so'z bilan birikma tarzida ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar 
o'rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan 
olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar 
bajartiriladi.
Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishik­
lar bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma 
ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, 
nutqda uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda 
kishilik olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf 
etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ish- 
latishlarini bartaraf etish uchun o'quvchilaming ijodiy yozma ishlari: 
bayon va insholari o'qib berilib, tahlil qilinadi.
O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini 
man, san
tarzida sheva 
ta’siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga 
ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham 
yo'qotishdir.
O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga 
o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Savol va topshiriqlar

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin