B O S H L A N G 'IC H S IN F 0 ‘ Q U V C H IL A R IN I T IN IS H B E L G IL A R IN IN G IS H L A T IL IS H I B IL A N T A N IS H T IR IS H Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi
qoidalar yig'indisidir.
„Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi"1'. Boshlang'ich sinflarda
to'rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so'roq, undov belgisi hamda
uyushiq bo'lakli, undalmali gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi
qoidalar o'rgatiladi. Boshlang'ich sinflarda o'rgatiladigan tinish belgi
lari kam bo'lishiga qaramay, o'qituvchi har bir sinfda tinish belgilari
ustida muntazam ish olib borishi zarur.
Kichik yoshdagi o'quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda
o'qituvchi, awalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o'rnini
ko'rsatadi. Tinish belgisi fikrni to'g'ri, boshqalarga tushunarli qilib
ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli
bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (ti
nish belgilari qo'yilmagan) yaxlit matn o'qitiladi; o'quvchilar bunday
matnni o'qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil
qiladilar.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asosla-
nadi. Bu uch asos bir-biriga o'zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish
belgisini qo'yishda, awalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga
asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta ’sir
qiladi. Shuning uchun o'quvchilarga tinish belgilarining qo'llanilishini
o'rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo'llashni belgilaydigan
semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
1-sinf o'quvchilari savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va
undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe" o'qimasalar
ham, rasmga qarab gap tuzadilar.
21