23
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
MATEMATIKA FANI BO‘YICHA FANLAR KESIMIDA
ANIQLASHTIRILGAN TA’LIM STANDARTLARI
I
SINF UCHUN MATEMATIKA FANIDAN TA’LIM STANDARTLARI
Matematika fanidan 1-
sinf ta’lim standartlari matematik mazmun va
amaliyot standartlaridan iborat.
MATEMATIK MAZMUN STANDARTLARI
1-sinfda matematik mazmun standartlari matematikaning:
−
Sonlar va amallar (SA);
−
Geometriya va o‘lchashlar (GO‘);
−
Ehtimollik va statistika (ES)
bo‘limlarini qamrab oladi.
K
elgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun 1-sinfda qamrab olingan
bo‘limlar nomi - avval sinfning tartib raqami, so‘ng bo‘limning ikki bosh harfi
bilan kodlanadi.
Standartlar kodida esa avval sinf tartib raqami, song bo‘lim
nomi va oxirida standart tartib raqami keltirladi. Masalan, 1.SA.3 kod -
bir
inchi sinfning “Sonlar va amallar” bo‘limi bo‘yicha 3- standartini bildiradi.
Muayyan sinfga kiritilgan standartlar o‘z navbatida sinflar kesimida
yanada aniqlashtiriladi. Ular quyida kichik lotin harflari bilan keltirilmoqda.
1-
sinf o‘quvchilari ta’lim jarayoni yakunida matematika fanidan
quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
Kodi
1-SINF
1. SA.
SONLAR VA AMALLAR
1. SA.1
a)
0 dan 100 gacha bo‘lgan natural sonlarni o‘qish, yozsh, to‘g‘ri va teskari
tartibda sanash, taqqoslash, tartibga solish
, modellarda ko‘rsatib berish;
b) 0 dan 100 gacha natural sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini
aniqlash va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida ketma-ketlikni
tuzish;
c) 2
0 dan kichik biror sondan boshlab 20 gacha sanashni qo‘shish va
ayiris
h bilan bog‘lash (masalan, 2 ni qo‘shish uchun 2 ta qo‘shib sanash);
d)
o‘ngacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish ko‘nikmalaridan
foydalanib, 20 gacha bo‘lgan sonlar ishtirokida qo‘shish va ayirish
amallarini bajarish. Masalan, o‘nga to‘ldirish: 8 + 6 = 8 + 2 + 4 = 10 + 4 =
14;
e)
sonini o‘n soni hosil bo‘ladigan sonlarga ajratish: 13 – 4 = 13 –3 -1=10 -
1 = 9;
f)
qo‘shish va ayirish o‘rtasidagi munosabatdan foydalanish: 8 + 4 = 12
ekanini bilgan holda, 12 -
8 = 4 bo‘lishini ham bilish;
g) teng kuchli, ammo osonroq
qo‘shiladigan yig‘indilarni tuzish: 6 + 7 ni
hisoblash uchun quyidagicha yo‘l tutish 6 + 6 + 1 = 12 + 1 = 13 kabi
usullardan foydalanish.
h) 120 dan kichik biror sondan boshlab 120 gacha sanash. Ushbu oraliqda
raqamlarni o‘qish va yozish hamda yozma raqamlarda jismlar sonini
ifodalash.
Dostları ilə paylaş: